O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 106,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü106,7 Kb.
#159693
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqov Muhammadqodir Abdumutalib o\'g\'li

kiberxavfsizlik –
hisoblashlarga 
asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan sharoitda amallarni to’g’ri 
bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni 
mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, 
tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan 
bilim sohasi bo’lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni 
boshqarishni o’z ichiga oladi. Tarmoqlar sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti 
esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va 
dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1026 
maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni; foydalanuvchilardan pul 
undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirda samarali 
kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar va 
ularning turlari sonining kattaligi va buzg'unchilar salohiyatini ortishi natijasida 
amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. 
117
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati ilk bor meynfreym kompyuterlar 
ishlab chiqarilganidan boshlab paydo boʻla boshlagan. Bunda mazkur qurilmalar va 
ularning vazifalari himoyasi uchun koʻp sathli xavfsizlik choralari amalga oshirilgan. 
Milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va texnologik 
murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. 
Bugunga kelib, hayotning har bir jabhasi raqamlashmoqda, tug‘ilishdan tortib 
vafot etishgacha raqamli boshqaruv asosida hayot kechirmoqdamiz. Aholi
demografiyasining o‘sishi hamda pasayishi, jinoyatchilik miqdorining harakatlanishi, 
valyuta qimmatliklarining harakatlari, onlayn savdo, shuningdek, masofaviy ta’lim,
masofaviy boshqaruv kabilar shular jumlasidandir. Mazkur vositalar asosidagi
hayot tarzi bizga beqiyos qulayliklar bermoqda, biroq bugun shaxsning 
qadrsizlanishi, shaxsiy ma’lumotlarning dunyo bo‘ylab tarqalib ketishi, firibgarlik
qurboniga aylanishi har qachongidan osonlashmoqda. Buning tub sababi ham
aynan raqamli dunyodir. 1995-yilda nashr etilgan M. Ethan Katshning “Raqamli 
dunyoda huquq” nomli kitobining kirish qismida William Gates tomonidan bir jumla 
aytiladi: “Kelajakda barcha narsa raqamli bo‘ladi” (Katsh, 1995). Oradan 27 yil 
muddat o‘tdi hamki, mazkur fikrning tasdig‘ini ko‘rmoqdamiz. Yuqorida
aytilganidek, har bir soha va hayotning har bir jabhasi raqamlashmoqda.
www.datareportal.com sayti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga qaraganda, 
bugungi kunda dunyo bo‘ylab jami 5 milliard kishi internetdan foydalanmoqda – bu
dunyo aholisining 63 foiziga teng demakdir. Xuddi shunday ma’lumot
www.statista.com sayti tomonidan ham taqdim etilgan. Joseph Johnsonning 
tahlillariga ko‘ra, “2022-yil aprel oyida dunyo aholisining umumiy sonidan 4,65
milliard kishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sanalishadi”. Internet
foydalanuvchilari ham o‘sishda davom etmoqda, so‘nggi ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, dunyodagi internet bilan bog‘langan aholi soni 2022-yil aprel oyigacha
bo‘lgan 200 oy ichida deyarli 12 millionga o‘sdi. Bu esa aholining kundan kunga 
jahon intenet tarmog‘i bilan bog‘lanib borayotganligini anglatadi. Bu kabi statistik 
ma’lumotlar ijobiyligi sababli ham rivojlanish sari turtki bo‘la oladi. Biroq masalaning 
dolzarbligi aynan yuqoridagi ijobiy jihatlarda emasligini unutmaslik kerak. 
Kiberhujumlar, kiberjinoyat, xakerliklarning zararli ta’siri raqamli
dunyoda shaxsiy hayot xavfsizligini, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi haqidagi
qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Hozirda biz tomonimizdan “yangi sanoat
inqilobi” deb nomlanayotgan jarayon yangi jamiyatni, yangi muhitni taqdim
etganligi bilan bir tomondan ijobiy ahamiyat kasb etsa, ikkinchi tomondan
117
S.K.Ganiev, A.A.Ganiev, Z.T.Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari: O‘quv qo‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2020, 221 bet. 



Yüklə 106,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə