O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Kiberxafszlik nima, uni qanday qilib yaratish va ta’minlash mumkin?



Yüklə 106,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü106,7 Kb.
#159693
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqov Muhammadqodir Abdumutalib o\'g\'li

Kiberxafszlik nima, uni qanday qilib yaratish va ta’minlash mumkin?
Kiberxavfsizlik tushunchasi bu raqamli muhitning turli xil tashqi xavflardan
himoya, muhofaza etilishini anglatadi. Yanada aniqroq qilib aytganda,
kiberxavfsizlik – bu kiber(raqamli) muhitni va tashkilot va foydalanuvchi
118
Yar, Majid, and Kevin F. Steinmetz. (2019). Cybercrime and society. SAGE. 
119
Goodman, Brenner. (2002). The emerging consensus on criminal conduct in cybercrime. International journal 
of law and information technology, 144. 
120
Gercke D.M. (2012). Understanding cybercrime: phenomena, challenges and legal response. Geneva: 
International Telecommunication Union (ITU). 
121
Patri A.K. (2009). Cyber Law. Lucknow. 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1028 
aktivlarini himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar, siyosat,
xavfsizlik tushunchalari, xavfsizlik kafolatlari, ko‘rsatmalar, xatarlarni boshqarish 
yondashuvlari, harakatlar, treninglar, eng yaxshi amaliyotlar, ishonch va
texnologiyalar to‘plami. Unga tashkilot va foydalanuvchi aktivlariga ulangan
hisoblash moslamalari, xodimlar, infratuzilma, dasturlar, xizmatlar, 
telekommunikatsiya tizimlari va kibermuhitda uzatiladigan va/yoki
saqlanadigan ma’lumotlarning yig‘indisi kiradi. Kiberxavfsizlik tashkilot va 
foydalanuvchi aktivlarining xavfsizlik xususiyatlariga erishish va texnik xizmat 
ko‘rsatishni ta’minlashga intiladi. 
Kiberjinoyatchilar va ularning qurbonlari turli mintaqalarda joylashgan
bo‘lishi mumkin va uning ta’siri butun dunyo bo‘ylab jamiyatlar orqali o‘tib, 
shoshilinch, dinamik va kompleks javob berish zarurligini taqozo etmoqda. Hozirda 
barcha davlatlar tomonidan kiberxavfsizlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar olib borilmoqda. Bugungi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga 
oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg’unchilar 
salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. 
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashga turli yondashuvlar mavjud. 
Xususan ba’zi mutaxassislar kiberxavfsizlikka oid atamalarga quyidagicha ta’rif 
berishgan: 
Konfidensiallik
- axborot yoki uni eltuvchining shunday holati bo’lib, undan 
ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo’ladi. Konfidensiallik 
axborotni ruxsatsiz “o’qish”dan himoyalash bilan shug’ullanadi. Ayniqsa, bank 
sistemasida bank uchun konfidensiallik juda muhim. 
Risk 
- potensial foyda yoki zarar bo’lib, umumiy holda har qanday vaziyatga biror 
bir hodisani yuzaga kelish ehtimoli qo’shilganida risk paydo bo’ladi. ISO “risk – bu 
noaniqlikning maqsadlarga ta’siri” sifatida ta’rif bergan. 

Yüklə 106,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə