O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix13.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#127428
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qodirova Feruzaxon Usmanovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
Shuning uchun ham oliy pedagogik ma’lumotli va malaka oshirish kurslarini
o‘tab inklyuziv ta’lim pedagogik kvalifikatsiyasini olgan o‘qituvchilargina inklyuziv
sinf o‘qituvchisi etib tayinlanishi mumkin. Inklyuziv sinf o‘qituvchisi umumiy o‘rta
ta’lim muassasa Nizomida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda: 
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va
me’yorga keltirish ishlarini olib boradi; 
-bolalarning faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni qo‘llaydi; 
-diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanlik, sinchkovlik va boshqa
qobiliyatlarni tarbiyalaydi; 
-o‘z-o‘zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir qiziqishlarini
va qobiliyatini rivojlantiradi. 
Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o‘rin egallaydi. 
Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi-defektologlar, ota-onalar
va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog‘lom va alohida ehtiyojli bolalar
bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida olib
borishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash
masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga metodik yordam ko‘rsatadi, kerakli
ish hujjatlarini yuritadi. 
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi
lozim. 
Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy
rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. 
Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy
ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish
dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga
maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga
psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko‘rsatadi. 
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga
muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi
mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir
bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo‘lganda
davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida
bolalar sog‘lig‘ini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini
belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash
yuzasidan maslahatlar beradi. 
Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari 
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish maktablararo
qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi.
Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf
o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi
sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘lishi mumkin.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə