O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#151475
  1   2   3   4   5
Jalilov Najmiddin Husanovich (1)



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
TEXNOLOGIYA TA’LIMI FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
Jalilov Najmiddin Husanovich 
Naxalboyev Nazarbek Fazliddin o’g’li 
Shukurov Shuhrat Nasimovich 
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute o’qituvchilari. 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologiya ta’limi fanini hamda ta’lim tizimida 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari, ta’lim 
oluvchilar shaxsini rivojlantirish va ularni axborotlashgan jamiyat sharoitida mustaqil 
faoliyat ko’rsatishga tayyorlash, jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarini bajarish 
shuningdek o’quv-tarbiya jarayonining barcha bug’inlarini intensifikasiyalash bo’yicha 
ma’lumotlar bilan tanishasiz. 
Kalit so’zlar:
Texnologiya ta’limi, zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturlash
Ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish, mutaxassis, ta’lim-tarbiya. 
 
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida o’qitishning faol usullari va zamonaviy axborot 
texnologiyalardan keng foydalanish asosiy masalalardan biriga aylanib qoldi. Bu 
masalani muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan fan o’qituvchisining kasbiy malakasiga 
va pedagogik mahoratiga bog’liq. Shunday ekan, oliy o’quv yurtlarida 
tayyorlanayotgan mutaxassislarning pedagogik malakasini shakllantirish va pedagogik 
mahoratini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shubhasiz, bu ishda ilg’or xorijiy 
pedagogik tajribalar va zamonaviy axborot texnologiyalari juda qo’l keladi. Shuning 
uchun ham, ta’lim tizimida texnologiya ta’limi va umumta’lim fanlarini o’qitishda 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari to’g’risida 
ma’lumot berish maqsadga muvofiq. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari bu – dasturlash, axborotlarni to’plash, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish va tasvirlash kabi ta’minlovchi metod va vositalar 
majmuidir. 
Texnologiya ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish 
deyilganda o’quv, ta’lim-tarbiya jarayonida, texnologiya ta’limi faniga oid barcha 
ma’lumot, fundamental va zamonaviy ilg’or fan-texnika yutuqlari bo’yicha axborotlarni 
yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash, dasturlash va ulardan amaliy foydalanish 
metodlari va vositalari majmui tushuniladi. 
Tadqiqot va izlanishlardan shu xulosaga keldikki, bugungi kunda ta’limga 
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish o’z ichiga quyidagi masalalarni qamrab 
olishi lozim: 
Ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish va ularni axborotlashgan jamiyat 
sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsatishga tayyorlash: 



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə