O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#151475
1   2   3   4   5
Jalilov Najmiddin Husanovich (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
-
Texnologiya o’quvchilarning fan bo’yicha algoritmik fikrlash tarzini 
rivojlantirish; 
-
reproduktiv faoliyat ulushini kamaytirish hisobiga o’quvchilarni ijodiy faoliyatga 
o’rgatish; 
-
loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish asosida o’quvchilarda texnologiya 
ta’limi va umumta’lim fanlariga bo’lgan qiziqish va ularning kommunikativ 
qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-
o’quvchilarda murakkab vaziyat va fan-texnika masalalariga oid masalalarni hal 
qilishda optimal yechimni qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish; 
-
dastur va tizimlar bilan ishlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish; 
-
o’quvchilarning fanlar bo’yicha axborot yig’ish ulardan foydalana olish malaka 
va madaniyatini shakllantirish. 
Jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarini bajarish bo’yicha: 
-
zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanib faoliyat yurituvchi malakali 
mutaxassis va muhandis-pedagoglarni tayyorlash; 
-
mustaqil bilish faoliyatiga o’rgatuvchi pedagogik vositalar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini yaratish va ulardan kasbiy ta’lim jarayonida amaliy foydalanish. 
O’quv-tarbiya jarayonining barcha bug’inlarini intensifikasiyalash bo’yicha: 
-
zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda 
o’qitish jarayoni sifati va samaradorligini oshirish; 
-
bilish faoliyatini faollashtirish axborot omillarini aniqlash va ulardan 
foydalanish; 
-
texnologiya ta’limi fani bo’yicha fanlararo aloqadorlikni chuqurlashtirish 
maqsadida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish. 
Biz hozirgi zamon axborot texnologiyalarini o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, 
o’quvchilarga axborot texnologiyalaridan yuksak darajada foydalanish, ta’lim jarayoni 
faoliyatiga ko’maklashuvchi imkoniyatlarini un uchta omil bo’yicha yoritib berishga 
harakat qildik (1-jadval). Jadvalda ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish bo’yicha ma’lumotlar yo’nalishlari keltirilgan, xususan, texnologiya 
ta’limini o’qitish bo’yicha foydalanishga taqdim etish mumkin. 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda ta’lim tizimida axborot 
texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish, ularni o’quv faoliyatiga joriy etish 
bo’yicha tashkiliy-tuzilmaviy sxemani keltirib o’tmoqchimiz (1-shakl). Shakldan 
ko’rinadiki, o’quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishlari 
sistemali amalga oshirilib borishi lozim. Bunday ta’lim jarayonida o’qituvchi va 
o’quvchining hamkorlikda faoliyat olib borishlari, ta’limda hamjihat, birgalikda faol 
ishtirok etishlarini talab etadi. Zero, ta’lim-tarbiya jarayonida bu ikki shaxs (o’qituvchi 
va o’quvchi) ning o’zaro faoliyat natijasi hisobga olinadi. Aks holda, o’qitish-o’qish 
jarayonida hyech biri (o’qituvchi va o’quvchi) o’z maqsadiga erisha olmaydi. 
Haqiqatdan, o’qituvchi faoliyatining yutug’i o’qitishning samarasi, o’quvchining yutug’i 
bilish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilan belgilanadi. 



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə