O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)

Tadqiqot metodologiyasi 
Oʻzbek lingvistlari oldida hozirgi vaqtda tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
mukammal o'zlashtirishni ta'minlovchi ta'lim maqsadiga mos dastur, qo'llanma va 
darsliklar, o'quv-metodik ishlari barpo etishdek dolzarb vazifa turibdi. Ushbu masalani 
ijobiy hal qilish uchun oliy o'quv yurtlari hamda O'zRFA tizimidagi ilmiy-tadqiqot 
institutlari o'rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, salohiyatli kuchlarni 
birlashtirish, moddiy-texnika bazasini hamkorlikda yaratish va undan unumli 
foydlanish zarur bo'ladi. Oliy ta'lim tizimida til o'qitishdan bosh maqsad talabaning 
o'rta maktab ta'limida egallagan to'g'ri so'zlash, savodli yozish, aniq tafakkur qilish 
malakasini yuqori bosqichga ko'tarishdir. 
Tahlil va natijalar 
Jahon tilshunoslari safida XXI asrga shaxdam qadam qo'ygan o'zbek olimlari 
oldida ham o'tgan asrda o'z echimini uzul-kesil topmagan "Til va jamiyat", "Inson va 
uning tili" kabi masalalar bilan bog'liq vazifalar ko'ndalang bo'lib turibdi. Xo'sh, 
tilshunoslardan tinimsiz mehnat, ulkan chidam va iqtidorni talab qiluvchi lisoniy 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
masalalarni ijobiy hal etish maqsadida avvalambor til qurilishining qaysi jihatlariga 
diqqatni qaratish, qanday izlanishlarni ro'yobga chiqarish lozim bo'ladi? 
1) zamonaviy lingvistikadagi yangi yo'nalishlar bo'yicha olib borilayotgan 
izlanishlar koʻlamini aslo sekinlatmagan tarzda, an'anaviy tilshunoslik doirasidagi 
tadqiqotlar sur'atini yanada kengaytirish; 
2) XVIII asr oxiridagi I. Gerder hamda umumiy tilshunoslik fanining asoschisi 
V.Gumboldt tomonidan ilgari surilgan tilning xalq madaniyati, urf-odati, rusumi, 
xarakteri bilan chambarchas bog'liqlikda o'rganuvchi etnolingvistikani shakllantirish 
va rivojlantirish; 
3) komparativistika, ya'ni qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtayi nazardan qardosh 
turkiy tillarni o'zbek tili bilan muqoyasa qilish borasida keyingi paytlarda yo'l 
qo'yilayotgan sustkashlikka barham berish, nafaqat o'zbek va turk, shuningdek o'zbek, 
qozoq, turkman, qirg'iz, qoraqalpoq, tatar tillari materiallarini qiyoslashga jiddiy 
e'tiborni qaratish, natijada turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasini oʻzbek 
tilida yaratish; 
4) o'zbek tilshunosligini uning bosh yo'nalishlaridan biri turkologiyasiz aslo 
tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbek turkologlari erishgan yutuqlar turkologiyada munosib 
baholangan. Ular haqida mavridi kelganda alohida mulohaza bildirish mumkin. Hozir 
esa, mazkur yo'nalish oldida o'z echimni kutayotgan jihatlargagina diqqatni 
tortmoqchimiz: 
a) skiflar, saklar, sarmatlar, kushonlar, toxarlar davriga taalluqli onomastikani 
atroflicha o'rganish, qadimgi yunon, xitoy olimlari, muarrixlarining turkiy qabilalar 
haqidagi maʼlumotlarini sinchiklab tahlil qilish; 
b) oltoy tillarining genetik qarindoshligi, turkiy, moʻgʻul, tungus-manjur tillarining 
yagona til asosida shakllanganligi to'g'risidagi mavjud dunyoqarash kesimida chuqur 
ilmiy izlanishlar olib borish; 
d) turkologiya bo'yicha bibliografik sravochnik tayyorlash, keng jamoatchilikni 
turkologiyaning tarixi, hozirgi holatidan xabardor qilishva h.k.; 
5) XX asrning 20-30 yillari o'zbek matbuoti tili, milliy uyg'onish davri alifbo va 
imlo masalalari, adabiy til va jonli so'zlashuv tili muammolari bo'yicha olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlarni jadallashtirish; 
6) muayyan tilning rivojlanishi darajasi undagi lug'atlarning rang-barangligi, 
miqdori bilan o'lchanishini e'tibordan qochirmagan holda, lingvistikaning turli 
sohalariga xizmat qiluvchi lug'atlar tuzish, so'nggi texnika vositalari bilan ta'minlash, 
xalqaro axborot tizimiga integratsiyalashish va undan foydalanish
7) o'zbek tilining dinamik holatini tadqiq etishda bebaho manba hisoblanuvchi 
yozma obidalarni atroflicha, chuqur ilmiy asosda oʻrganish, yoshlarni bu yo'nalishga 
dadil jalb etish; 8) belgilar sistemasidan iborat sifatida e'tirof etilyotgan tilning 
kommunikativ va ekspressiv funksiyalarini ochib beruvchi izlanishlarga jiddiy 
e'tiborni jalb etish; 9) so'nggi paytlarda o'z holiga tashlab qo'yilgan terminalogiyada 



Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə