O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bogʻliq jihatlari. Bunda 
talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini hosil qilish 
asosiy maqsad qilib olingan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek 
tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. Masalan, Z.I. Solievaning 
nomzodlik ishi o'zbek va fransuz tillaridagi sentensiya, ya'ni axloqiy-ta'limiy 
xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. 
Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab"nomli 
maqolasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va 
bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu maqolani oʻzbek 
tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi 
asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi 
uchun xizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har 
xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan. 
Xususan, N. Mahmudov ayni sohaning eng asosiy tushunchalaridan bo'lgan til va 
madaniyat haqida quyidagilarni yozadi: "Til va madaniyat deganda, koʻpincha, "nutq 
madaniyati" deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o'rindagi 
madaniyatning aynanligini aslo ko'rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, 
(to'g'risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni 
o'rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo'lsak, 
lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma'nosi "aqliy-ma'naviy yoki xo'jalik 
faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)" emas, balki "kishilik 
jamiyatining ishlab chiqarish,ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy hayotida qo'lga kiritgan 
yutuqlari majmui(madaniyat tarixi, o'zbek madaniyati)" demakdir. SHunday bo'lgach, 
madaniyatining o'rganish muammolari boshqa, lingvokulturologiyaning o'rganish 
obyekti tamoman boshqadir". 
Lingvokulturologiyaning bevosita main bilan bog'liq jihatiga kelsak, shuni aytish 
lozimki, matn ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri 
hisoblanadi. "Lingvokulturologiya" kitobining muallifi V.A. Maslova bu borada 
quyidagicha yozadi: "Matn tilshunoslik va madaniyatning haqiqiy kesishuv nuqtasidir. 
Zero, matn til hodisasi va uning oliy sathi hisoblanadi, shu bilan birga u madaniyat 
mavjudligining amal qilish shakli hamdir. Lingvokulturologiya esa tilni madaniy 
qadriyatlar tajassumi sifatida tadqiq etadi". Kuzatishlar natijasida aytish mumkinki, 
o'xshatish va uning qisqargan shakli boʻlgan metaforalar matnda muhim kognitiv-
semantik ahamiyat kasb etishi bilan birga, til sohiblarining milliy-madaniy tafakkuriga 
xos jihatlarni ham namoyon etuvchi hodisa bo'la oladi. 
O'xshatish va metaforalar asosiga qurilgan matnlar muayyan tilda qoliplashgan 
matn shakllari (ularni matnning pretsedent shakllari tarzida ham baholash mumkin)ni 
aniqlash imkoniyatini ham beradi. Z.I. Salieva ingliz va o'zbek tillaridagi 
sentensiyalarning milliy madaniy xususiyatlarini qiyosiy aspektda o'rganar ekan, 
muayyan xalq tarixida katta o'rin tutgan mutafakkirlarning asarlarida bayon qilingan 
didaktik g'oyalarning yozuvchi tomonidan oʻzgargan shaklda ifodalanishini 



Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə