O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 76,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü76,05 Kb.
#164806
  1   2   3   4   5   6   7
Yulanova Nargiza Davlatovna (1)



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
23-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.10.2023
O'ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI NATIJASIDA O'RGANILGAN 
MUAMMOLAR 
 
Yulanova Nargiza Davlatovna 
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
 
Annotatsiya. 
O'zbek an'anaviy tilshunosligi zaminida shakllangan, taraqqiyot 
yo'lini tanlagan va belgilangan maqsad asosidagi vazifalarini muvaffaqiyatli ado etgan 
o'zbek substansial tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo'nalishlarning 
shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat-markazida "lison-nutq" masalasini turli 
daraja va koʻrinishda namoyon qiluvchi "til va jamiyat", "til va madaniyat", "til" va 
shaxs", "milliy til va milliy tafakkur", "til va sun'iy intellekt" kabi. 
Kalit so'zlar. 
Til vo jamiyat, til va madaniyat, til va shaxs, milliy til va milliy 
tafakkur, til va sun'iy intellekt. 
 
Kirish 
Jahon tilshunosligida XX asr so'ngida shakllanib, jadal rivojlanayotgan fanning 
yangi paradigmalari - lingvopragmatika, psixolingvistika, lingvokulturologiya
lingvokognitologiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi ilg'or fan 
yo'nalishlari aynan shu masalalar tadqiqi bilan shug'ullanmoqda. Istiqlol natijasi 
o'laroq, o'zbek tilshunosligi tom ma'noda mustaqil milliy fan sifatida o'zini namoyon 
qildi. Eng muhimi, tilimizning milliy tabiatiga to'laqonli ilmiy- nazariy baho berildi. 
Qo'lga kiritilgan nazariy yutuqlar til qurilishini o'rganishdan uning voqelanish 
xususiyatlarining keng qamrovli tadqiqiga o'tish uchun katta imkoniyatdir. Bu esa 
o'zbek tilini yangi va zamonaviy, ilg'or va samarador tadqiq usullari asosida 
tekshirishni kun tartibiga qo'ymoqda. Bugungi kunda tilshunoslikning ayrim juz'iy 
muammolariga dolzarblik tusi berilayotgani holda, mavjud ilmiy salohiyat muhim 
muammolar echimiga yo'naltirilmayapti, sohaning istiqbolini belgilaydigan asosiy 
vazifalar hamon kun tartibidan chetda qolmoqda. Men ushbu maqolamni 
tilshunoslikning so'nggi yutuqlariga tayangan holda tayyorlashga harakat qildim. 

Yüklə 76,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə