O'zbekistonda sement sanqati O’zbekiston respublikasi


Klinkerning mineralogik tarkibi



Yüklə 208,47 Kb.
səhifə20/36
tarix11.12.2023
ölçüsü208,47 Kb.
#146778
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
O\'zbekistonda sement sanqati-hozir.org

Klinkerning mineralogik tarkibi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan to'rtta oksid (CaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3) portlandsement klinkerida birikib, kalsiy silikat, kalsiy alyuminat va kalsiy alyumoferritlarini hosil qiladi. Sement klinkerining shlifi mikroskop orqali ko'rilganda u asosan kristallk tarkibli kalsiy silikatlardan iboratligi bilinadi. Kalsiy silikatlar oraiig'ida shishasimon amorf oraliq moddalar deb ataluvchi alyuminat va alyumoferritlar joylashadi. Portlandsement xossalari ana shu minerallar miqdoriga bog'liq.
Portlandsement klinkerning asosiy minerallari quyidagilar: uch kalsiy silikat (alit) - 3CaO• SiO2 yoki C3S;
ikki kalsiy silikat (belit) - 2CaO • SiO, yoki C3S; uch kalsiy alyuminat - 3CaO • A12O3 yoki C3A;
to'rt kalsiy alyumoferrit (selit) - 4CaO • Al2O3 • Fe2O3 yoki C4AF.
Normal tarkibli portlandsement klinkerida asosiy mineral-larning foiz miqdori quyidagicha bo'lishi mumkin:
C2S - 45 - 60%; C2S - 15 - 37%; C3A - 7 - 15%; C4AF - 10 - 18%.
Ishlab chiqarish sharoitlarida CaO ni yuqorida ko'rsatib o'tilgan minerallar ko'rinishida batamom biriktirish qiyin. Shuning uchun klinker tarkibida erkin, birikmagan holda bir oz CaO qolishi mumkin. Klinkerda erkin CaO bo'lsa, u portlandsement xossalariga magniy oksidga qaraganda salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni u hajm jihatidan juda notekis o'zgaradi. Erkin CaO sementtoshni buzib yubormasligi uchun klinkerni tuyishdan oldin erkin CaO havodagi nam ta'siridan so'nib ulguradigan qilib, ma'lum vaqt omborlarda yetiltiriladi. Shunda klinker birmuncha yumshaydi va uni tuyish osonlashadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish munosabati bilan klinker yetiltirib o'tirilmaydi, ishlab chiqarish ancha mukammal tashkil etiladi. Portlandsementning asosiy texnik xossalari klinker tarkibida muhim minerallardan necha foiz borligiga bog`liq. Shuning uchun klinkerning mineralogik tarkibiga qarab, portlandsement quyidagi turlarga bo'linadi:
  • alit portlandsement, undagi uch kalsiy silikat 60 % dan ortiq, C3S:C2S nisbat esa 4 dan katta;


  • belit portlandsement tarkibida 37% dan ortiq ikki kalsiy silikat bor, C3S:C2S nisbat 1 dan kam;


  • alyuminat portlandsement, tarkibida uch kalsiy alyuminat 15 % dan ortiq. C3A miqdoriga qarab sementlar oz alyuminatli (C3A dan 5% gacha), o'rtacha alyuminatli (5-9% C3A) va ko'p alyuminatli (C3A 9% dan ortiq) sementlarga bo'linadi;


  • alyumoferrit (selit) portlandsement, tarkibidagi to'rt kalsiy alyumoferrit 18 % dan ortiq.


Klinker tarkibida ba'zan bir yo'la ikki xil mineral miqdori ko'p bo'lishi mumkin. Bunday portlandsement qo'sh nom bilan ataladi: alit-alyuminat, alit-belit


yoki belit-selit.
Har bir klinker uchun mineralogik xossalar, beton ishla-tiladigan sharoitlarga qarab tegishli mineralogik tarkibli sement tanlanadi.
Alit - portlandsementning yuqori mustahkamligi, tez qotuvchanligi va boshqa qator xossalarini ta'minlovchi klinkerning muhim silikat mineralidir. Uning miqdori klinker tarkibida 45-80%. Hozirgi kunda uni uch kalsiy silikatning kam miqdordagi MgO, A12O3, P2O5, Cr2O3 va boshqalar bilan qattiq eritmasi deb hisoblanadi. C3S tarkibida bu rnoddalarning miqdori kam bo'lishiga (2-4%) qaramay, ular C3S ning tarkibiy tuzilishi va xossalariga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi.
Shunday qilib, laboratoriya sharoitida toza kimyoviy komponentlardan tayyorlangan uch kalsiy silikat bilan sanoat miqyosida yoki laboratoriya sharoitida tabiiy xomashyolardan hosil bo'lgan sement klinkeridagi alit farqini albatta bilish kerak. C3S uchta polimorf modifikatsiyalarda uchraydi. Toza C3S odatda tiriklin formasida kristallanadi, qo'shimchalar esa uni monoklin, ba'zan tiriklin tarkibiy tuzilishga (sementlarda) o'tkazadi.
Alit kristallar odatda oltiyoqlik yoki to'g'riburchak shaklda bo'ladi. Uning zichligi 3,15 g/sm3. Toza C3S 1200-1250° C dan 1900-2070°C gacha harorat oraiig'ida barqaror bo'ladi. Bu haroratdan pastda C3S - C2S va CaO ga parchalanadi. 2070°C dan yuqorida esa C3S eriydi. Pastki issiqlik chegarasi amaliy ahamiyatga ega, chunki klinker sanoat pechida sovish zonasiga o'tib soviyotganda bir oz vaqt 1200-1250°C chegarada turib qoladi, bu esa C3S ning parchalanishiga olib keladi va klinker sifatini yomonlashtiradi. Odatdagi haroratlarda o'ta sovish sababli klinker parchalanmaydi.
Portlandsementning mustahkamligiga va boshqa xossalariga klinkerdagi alit kristallarining shakli (o'lchami, klinker bo'ylab turli o'lchamdagi kristallarningtaqsimlanishi, kristallanish darajasi va boshqalar) ham ancha ta'sir ko'rsatadi. Petrografik taxlillarning ko'rsatishicha, 600-700 markadagi portlandsementni tayyorlash uchun klinker tarkibidagi turli o'lchamli alit kristallarning orasida asosan o'lchami 3-20 mkm yiriklikdagi kristallar ko'proq bo'lishi kerak. Bundan tashqari, kristaiiarto'g'ri prizmatik yoki geksagonal shaklda bo'lishi ma'qul (Yu.M.Butt, V.V.Timashev).
Xomashyo tarkibidagi mavjud yoki maxsus xomashyo aralashmasiga kiritiladigan FeO, MgO, CaSO4 CaF2, P2O5, TiO2, Cr2O3, MnO, Fe2O3 kabi qo'shilmalar portlandsement mustahkamligiga ijobiy ta'sir etishi aniqlangan. Kuydiriladigan xomashyo aralashmalari tarkibida 0,1-0,5% miqdorda yuqorida aytilgan qo'shilmalarning bo'lishi alitning kristallanishiga legirlovchi modda sifatida ta'sir ko'rsatadi, bu esa sementlarning faolligini oshirishga imkon tug'diradi. Ammo bu qo'shilmalarning ta'sir qilish mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. M.M.Sichev, Yu.M.Butt, V.T.Timashevlarning taxminicha, bunday moddalar sement klinkerini pishirishda alit kristallarining juda qulay struktura va oichamlarda hosil bo'lishiga imkon berib, boshqa kam mustahkamlik beradigan minerallarni hosil qilmaydi. Portlandsement klinkerida hosil bo'ladigan alit tarkibini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
54CaO • 16SiO2 • MgO • A12O3.
Belit-portlandsement klinkerining ikkinchi asosiy mineral-laridan biridir. U alitdan dastlabki kunlarda sekin qotishi bilan farqlanadi. Uning asosiy mustahkamligi bir yil atrofida to'planadi. Bu mustahkamlik alitning mustahkamligiga yaqin.
Ikki kalsiy silikat, alit singari kam miqdordagi qo'shimchalar (1-3%) bilan qattiq eritma hosil qilib belitga aylanadi. Bunday qo'shimchalarga A12O3, Fe2O3, Cr2O3 va boshqalar kiradi. Ikki kalsiy silikatning to'rtta polimorf shakli borligi aniqlangan: bular B - C2S; a - C2S; a1- C2S; y - C2S. N.A.Toropov fikricha, ikki kalsiy silikatning yana beshinchi polimorf formasi B1- C2S ham bor.
Erish harorati 2130 - 1425°C chegarada a - modifikatsiya barqaror bo'ladi, bu haroratlardan pastda a1-shaklga o'tadi. Sanoat klinkerlarida a - modifikatsiyani barqarorlashtirish qiyin bo'lgani uchun u kam uchraydi, a1- C2S 1425 - 830°C haroratda barqaror. Bundan past haroratda, sekin sovitish sharoitida toza a1 - C2S turi past haroratda barqaror bo'lgan y - C2S shaklga o'tadi. a1 - C,S tez sovitilganda 670 °C gacha hamma haroratda barqaror bo'lmagan va y - C2S ga aylanishga moyil bo'lgan B- C2S shaklga o'tadi. Ammo bu jarayonning ketishiga B- C2S kristall turiga kam miqdorda (1-3%) kirib qolgan qo'shimchalar xalaqit beradi. Barqarorlashtiruvchi qo'shimchalar rolini A12O3, Fe2O3, MgO, Na2O, K2O va Cr2O3 hamda boshqalar bajaradi. Shu bilan birga, B- C2S ning barqarorligini oshiruvchi faktor bo'lib, uni oddiy (xona) haroratigacha sovitish uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, C3S va C2S lar oddiy haroratda termodinamik nuqtai nazardan barqaror bo'lmagan birikmalardir. N.A.Toropov, M.M.Sichev va boshqalarning fikricha, bu moddalarning suv bilan reaksiyaga kirishish faolligiga ham shu sabab bo'ladi.

B- C2S shaklining y- C2S ga aylanishida umumiy hajmi 10 % ga ortadi. Shuning uchun material donalarining yorilishi va kukunga aylanishi kuzatiladi, y- C2S 100°C gacha haroratda deyarli suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun u bog'lovchilik xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Faqat nam issiq sharoitda ishlov berilganda (avtoklavlarda) u bog'lovchilik xususiyatlarini namoyon qiladi.

B - C2S ning zichligi 3,28 ga teng, y - C2S niki esa 2,97 g/sm3 bo'ladi.
Bclitning gidravlik faolligi, alit kabi kristallarning tuzilishi, kristallarning o'Ichami, zichligi, yoriqlar va qo'shimchalarning strukturasiga (kirib qolganligiga) bog'liq. Tojdor chetli dumaloq zich strukturali o'rtacha o'lchamlari 20 - 50 mkm bo'lgan belitli selitlar yuqori mustahkamlikka ega. Kristallarning tez parchalanishi tufayli katta sathni hosil qiluvchi tizimlar sementlarning gidravlik faolligini oshiradi.



Yüklə 208,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə