O‘ZBÅÊist


Qimmatli qog‘ozlarning kotirovka jarayonini amalga oshirish tartibi. Qimmatli qog‘ozlar narxining kotirovkasi



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə18/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
Birja ishi (1)

Qimmatli qog‘ozlarning kotirovka jarayonini amalga oshirish tartibi. Qimmatli qog‘ozlar narxining kotirovkasi

Ekspert-kotirovka komissiyasi ishining muhim qismi qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalash sanaladi. Fond birjasida koti- rovkalash – bu birjada tuzilgan bitimlar, shuningdek, bozor konyunkturasini tavsiflovchi boshqa bozor axborotining (talab va taklifning o‘zaro nisbati) narxini aniqlash va belgilashdir. Kotirovka birja kunining natijalari bo‘yicha hamda savdo jarayonida (joriy yoki oraliq kotirovka) amalga oshirilishi mumkin. Bu birja savdolarining tezligiga, qimmatli qog‘ozlar aylanmasining hajmiga bog‘liq. Bitimlar kam tuzilganda faqat yakuniy kotirovka amalga oshiriladi, yirik birja savdolari bajarilganda esa, narxlar darajasini birja kuni mobaynida aniqlashga zarurat tug‘iladi.

Fond birjasida kotirovkaning roli bitimlarning turiga qarab har xil bo‘ladi. Bitimlar, yuqorida ta’kidlanganidek, kassa bitimlariga

yoki muddatli bitimlarga bo‘linadi.

Hozirgi kunda «Òoshkent» RFBda real qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilinmoqda. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalash ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo‘lib, birja savdolari ishtirokchilari uchun sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog‘ozlar narxi darajasini aniqlashda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.

Kotirovka fond birjasining Ekspert-kotirovka komissiyasi tomonidan avvalgi birja savdosining (masalan, kechagi kunning) natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Shunday qilib, kotirovka narxi mazkur birja savdosi uchun oldindan belgilanmagan bo‘lib, bozorning kechagi holati haqida axborot beradi. Bu sotuvchilar va xaridorlarning birjadagi bozor holatini (sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog‘ozlar narxi darajasini) to‘g‘ri aniqlash uchun juda zarur. Ya’ni, agarda biz o‘tgan birja kunining narxlari va ular shakllangan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsak, u holda bugungi narxlarning taxminiy darajasini yetarli darajada aniq belgilashimiz mumkin bo‘ladi. Narxlar kotirovkasining ahamiyati muddatli bitimlardan birmuncha farq qiladi. Muddatga tuziladigan shartnomalarda (shartnomani ma’lum kelajak yil mobaynida ijro etish bilan) bitimlar narxlari har doim ham ko‘rsatilmaydi. U holda ushbu shartnomalar shartnoma shartlariga ko‘ra bitim ijro etilishi lozim bo‘lgan kunda yuzaga kelgan narxlar bo‘yicha ijro etiladi. Shunday qilib, ushbu kun kotirovkasining narxlari brokerlar uchun nafaqat mo‘ljal, balki bunday bitim uchun belgilangan narx bo‘lib qoladi.

Qimmatli qog‘ozlarning shakllanuvchi birja narxlaridan kelib

chiqqan holda birja tomonidan hisoblangan ko‘rsatkich mazkur kotirovka narxlarini aniqlash qoidalarning maqsadlari uchun kotirovka narxi hisoblanadi. Kotirovka narxlari birja boshqaruvi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda birjada yuritiladigan va saqlanadigan kotirovkalarning elektron jurnalida aks etadi. Savdo tizimi avtomatik tarzda har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarining kotirovka narxini quyidagi algoritm bo‘yicha hisoblaydi:



        1. kotirovka narxi oxirgi bitim narxiga quyidagi shartlarda teng

bo‘ladi:

{D, agar B = 0 bo‘lsa; A = 0 (buyurtmalar yo‘q); (1) Q = {D, agar B D A bo‘lsa; (buyurtmalar yo‘q) (2)



{D, agar B D bo‘lsa; A = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (3)

{D, agar D  A bo‘lsa; B = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (4)



        1. kotirovka narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxiga quyidagi shartlarda teng bo‘ladi:

Q ={V, agar D < Â < À bo‘lsa; (5)

{Â, agar Ä < Â bo‘lsa, À = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (6)

d) kotirovka narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxiga quyidagi shartlarda teng bo‘ladi:

Q ={À, àãàð D > A > B bo‘lsa; (7)

{A, agar D > A bo‘lsa, B = 0 da (buyurtmalar yo‘q); (8) bu yerda: Q — yopilish narxi (kotirovka narxi);

D — oxirgi bitim narxi;



B — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi;

A — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi.

Har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qolgan barcha sotib olish buyurtmalari orasidagi maksimal buyurtma narxi har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi hisoblanadi, xususan: Zb = max Zbi, (9)

bu yerda Zb — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoat- lantirilmagan eng yaxshi sotib olish buyurtmasining narxi, so‘m; Zbi — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan qanoatlantirilmagan sotib olish buyurtmalarining narxlari,

so‘m;

i — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘l- gan qanoatlantirilmagan sotib olish buyurtmalarining tartib raqami; n — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan

sotib olish buyurtmalarining soni;

max — har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmas- dan qolgan barcha sotib olish buyurtmalari orasidagi maksimal qiymatli buyurtma narxi.

min — har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qolgan barcha sotish buyurtmalari orasidagi minimal buyurtma narxi, har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi hisoblanadi, xususan:

Za = min Zai, (10)

bu yerda Za — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoat- lantirilmagan eng yaxshi sotish buyurtmasining narxi, so‘m;

Zai — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1dan n gacha bo‘lgan qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining narxlari, so‘m;



i — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi 1 dan n gacha bo‘lgan qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining tartib raqami;

n — har bir savdo kuni yopilishi vaqtidagi qanoatlantirilmagan sotish buyurtmalarining soni;

min — har bir savdo kuni yopilishi vaqtida qanoatlantirilmasdan qolgan barcha sotish buyurtmalari orasidagi minimal qiymatli buyurtma narxi.

Har bir savdo kuni boshida Savdo tizimi oldingi savdo kuni yopilishi vaqtidagi narxlar hisoblangan listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarining ochilish narxini avtomatik tarzda aks ettiradi. Savdo tizimi o‘tkazilgan birja savdolari natijalari bo‘yicha listingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining kotirovka narxini avtomatik tarzda hisoblaydi.

Listingdan tashqari kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining kotirovka narxi quyidagi algoritm bo‘yicha hisoblanadi:


  1. birinchi qadam: oxirgi uch yil davomida birjada tuzilgan bitimning oxirgi narxi tanlanadi, bunda uning hisob-kitob o‘tkazilish sanasidagi miqdoriy hajmi emitent tomonidan chiqarilgan shu turdagi qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining

kamida besh foizini tashkil etadi;

  1. ikkinchi qadam: miqdoriy hajmi emitent tomonidan chiqarilgan shu turdagi qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etgan bitimlar yo‘q bo‘lgan taqdirda Savdo tizimi oxirgi uch yil ichida emitentning shu turdagi qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha tuzilgan birja bitimlari asosida o‘rtacha o‘lchangan birja kotirovkasidan kelib chiqqan holda qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxini quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi:

Sc = (x1·y1+x2·y2+...+xn·yn) / (x1+x2... + xn) (11) bu yerda:

Sc — Birjadagi o‘rtacha o‘lchangan narx;

x1 — listingdan tashqari kompaniyaning sotilgan qimmatli qog‘ozlari miqdori;

y1 — listingdan tashqari kompaniya qimmatli qog‘ozlarining narxlari.

d) uchinchi qadam: oxirgi uch taqvim yilida amalga oshirilgan bitimlar yo‘q bo‘lgan taqdirda, birja a’zosi tomonidan buyurtma kiritilgan sanadan boshlab, Savdo tizimi topshiriq (komissiya) shartnomasi yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish buyrug‘i (farmoyishi)ga muvofiq savdoga qo‘yilish narxini kotirovka narxi sifatida qabul qiladi, lekin ushbu narx qimmatli qog‘ozning nominal qiymatidan past bo‘lmasligi kerak.

Mazkur qoidalarda va qonunchilikda belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda kotirovka narxi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim tuzish uchun foydalanilishi mumkin. Market-meyker va diller ishtirokidagi qimmatli qog‘ozlarni kotirovka qilish tartibi mazkur qoidalarga muvofiq birja tomonidan belgilanadi.

Shuni nazarda tutish kerakki, narxlar kotirovkasi tushun- chasiga nafaqat talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga keladigan bozor narxini aniqlash kiradi (tor ma’nodagi kotirovka), kotirovka tushunchasi unga talab narxi, taklif narxi, birja kuni boshidagi narx va birja kuni yakunidagi narx, muayyan davrdagi narxlarning eng yuqori hamda eng past darajasi va shu kabilarning kiritilishini



nazarda tutadi.

Fond birjalaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar narxlarining kotirovkasi dilerlar tomonidan birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin. Narxlarni emitentlarning o‘zlari tomonidan kotirovka qilish taqiqlanadi.



Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə