O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə2/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Birja ishi (1)

K I R I S H

O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarining hukm surishi, ayniqsa, tovar-xomashyo va fond boyliklari muomalasi sohasida tub o‘zgarishlar bilan birgalikda ro‘y berishi kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyotida tovar-xomashyo va fond boyliklari muomalasi sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. Zamo- naviy bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tufayli tovarlarning muomalada bo‘lish vaqtining qisqarishi asosiy fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshiradi, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni kamaytiradi va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo‘naltirilgan resurslar hajmini oshirishga imkon beradi. Shu sababli birja tizimi orqali mablag‘lar aylanish tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb va asosiy iqtisodiy vazifalardan biri sanaladi.



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qimmatli qog‘oz- lar bozori va birja tizimi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoliyatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa, uning qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategik ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi, xususan, «...jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya tizimini mustahkamlash...»1ga doir vazifalarni amalga oshirish sohadagi muhim masalalardan hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, birjalar faoliyati — davlatning iqtisodiy







1 I. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida


2
ISBN 978-9943-4113-8-8

© «NOSHIR» nashriyoti, 2013



uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Ò. «O‘zbekiston» NMIU, 2009-y. 36-b.

holatini baholaydigan muhim ko‘rsatkich, ya’ni barometr hisob- lanadi. Chunki aksariyat xorijiy mamlakatlar tovar-xomashyo va fond birjalari aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi.

Birjalarni bozorning asosiy elementi sifatida o‘rganish bilan

«Birja ishi» fani shug‘ullanadi.

«Birja ishi» fanining asosiy maqsadlari tovar-xomashyo va fond boyliklari birjalari faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asoslarini har tomonlama va chuqur o‘rganish, birja savdosi qatnashchilarini aniqlash, birja faoliyati haqida to‘liq axborot olish, birja savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini o‘zlashtirish, bozor iqtiso- diyotida birjalarning o‘rni va rolini aniqlash, birja operatsiyalarini amalga oshirish, birjada fond boyliklari va tovarlar narxini ko- tirovkalash usullarini hamda mazkur birjalarda savdo yuritish tartibini o‘rganish, buyurtmaning xaridordan sotuvchi tomon birja xalqasi orqali harakatlanish texnologik zanjirini shakllantirish hisoblanadi.

«Birja ishi» fanini o‘rganish o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ayniqsa, «Marketing», «Òadbirkorlik va biznes asoslari», «Menejment», «Qimmatli qog‘ozlar bozori»,

«Moliya bozori» kabi fanlar bilan kuchli aloqa kuzatiladi.

«Birja ishi» fanini o‘qitishda muammoli va ochiq ma’ruzalar, bahs-munozara ma’ruzalari, ma’ruza-konferensiyalar, davra stoli atrofida mashg‘ulot o‘tkazishning faol usullari, vaziyatli masa- lalardan keng foydalangan holda masofadan o‘qitish kabi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, «aqliy hujum», ishbilarmonlik o‘yinlari va keys-stadilardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda biz kasb-hunar kollej- laridagi iqtisodiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun

«Birja ishi» fanidan mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishga qaror qildik. Yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarga birja ishi sohasidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga xizmat qilishiga va kelajakda ularning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yo‘l boshlovchi nazariy qo‘llanmalardan biri bo‘lib qolishiga umid qilamiz.







  1. Yüklə 451,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə