O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə8/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Birja ishi (1)

Òayanch so‘zlar:

Tovar birjasi, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo‘yicha bitimlar tuzish, tovarlar ulgurji bozori, talab va taklif real nisbati, muvozanatli narxlar, investitsiyalash, sug‘urta operatsiyalari, birja konyukturasi, birja statistikasi, birja faoliyatini statistik tadqiq etish, bozorni narx haqida axborot bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash, bozorda raqobat uchun sharoitlar yaratish, «kesh» (cash) kassa bitimlari,

«spot» kassa bitimlari.
Nazorat savollari:

  1. Birja faoliyatini tashkil etish asoslari nimalardan iborat?

  2. Birja faoliyatini tashkil etish tamoyillari.

  3. Birjada narxlar qanday shakllanadi?

  4. Fond birjasida savdo ishtirokchilari qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?




  1. BOB. BIRJA A’ZOLARI VA ISHÒIROKCHILARI



    1. Brokerlik idoralari

Birjada savdo tarmog‘i o‘tkazishda, odatda, ko‘p odamlar ishtirok etadi. U yerda ishlayotganlar aniq soni har kuni, ba’zida esa har soat o‘zgarib turadi. Kimdir savdo halqasida bir necha soat bo‘lib, so‘ng tanaffusga chiqishi va yana savdoning oxirlarida qaytishi mumkin. Bozor favqulodda faollik holatida bo‘lganda zal to‘lib ketishi ham mumkin. Savdo zaliga kirish cheklangan. Birja vositachilari savdo zalida ishtirok etadiganlardan biri sanaladi. Ular qatoriga brokerlar va maklerlar kiradi.

Broker — bu ishlab chiqaruvchi va diler o‘rtasidagi yoki diler va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda agent sifatida qatnashadigan vositachi. Brokerlar faqat komission mukofotlar oladi.

Brokerlik idorasi birjada asosiy operatsion bo‘g‘in hisoblanadi. U birja ma’muriyati vaqt-vaqti bilan o‘tkazib turadigan tender savdolarida sotib olinishi mumkin bo‘lgan to‘liq birja a’zosining joyi mavjudligida tashkil etilishi mumkin. Bitta to‘liq qatnashchi joyiga faqat bitta brokerlik idorasi tashkil qilinishi, o‘z navbatida, u brokerlar belgilangan sonini bepul akkreditatsiyalashi mumkin. Brokerlik idorasi mijozlar bilan brokerlik xizmatlari ko‘rsatish haqida shartnomalar tuzish, shuningdek, o‘z hisobidan harakat qilish huquqiga ega. O‘z xizmatlari uchun brokerlik firmalari tuziladigan bitim turi bilan ham, topshiriq turi bilan ham belgilanadigan mukofot oladi. Komission to‘lovlar har oy uchun qat’iy belgilangan miqdorda yoki har bitta bitim uchun foydadan

olinadigan foiz ko‘rinishida olinishi mumkin.

Dunyoning eng yirik brokerlik kompaniyalari:


  • «Morgan Stepin», AQSH

  • «Solaman braders», AQSH

  • «Merrim Linch», AQSH

  • «Nashura», Yaponiya

  • «Dayva sekyuteriz», «SDJ. Uorbkurg», Buyuk Britaniya

  • «Dalkiniyen sekyuritiz», Kanada1.

Mijozlar va brokerlik idoralari o‘rtasidagi munosabatlar ular tuzadigan shartnoma va bitimlar asosida vujudga keladi. Bunday bitimlar bir nechta bo‘lishi mumkin: odatda, doimiy mijoz bilan belgilangan muddatga tuziladigan brokerlik xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma; mijozga o‘z brokeridan birja axboroti yoki mijozni qiziqtirayotgan tahliliy sharh olish imkoniyatini beradigan axborot xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma. Shuningdek, boshqa bitimlar ham tuzilishi mumkin, masalan, vakillik yoki qo‘shma faoliyat haqidagi bitimlar.

Mijoz bilan ishlashda brokerlik idorasi o‘z birjasining hisob- kitob firmalaridan birida bu mijoz bilan ishlash uchun hisob raqami ochadi. Broker bilan belgilangan turdagi bitim tuzish haqida kelishib olar ekan, mijoz unga topshiriq beradi, bu topshriqlar variantlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta idoraning brokerlik xizmatlari ko‘rsatish haqidagi shartnomasida mijoz brokerga quyidagi topshiriq turlarini beradi:



  • tovarni joriy birja narxida sotib olish;

  • tovarni joriy birja narxida sotish;

  • tovarni joriy birja narxidan qimmatga sotib olmaslik;

  • tovarni joriy birja narxidan arzonga sotmaslik;

  • tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotib olish;

  • tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotish;

  • tovarni brokerning xohishi bilan sotib olish;

  • tovarni brokerning xohishi bilan sotish.




    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə