O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə6/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Birja ishi (1)

Òayanch so‘zlar:

Birja, oldi-sotdi, narx kotirovkasi, arbitraj, axborot xizmati ko‘rsatish, xedjlash, bitimlar, bir xillashtirish, brokerlar, dilerlar, NASDAQ.
Nazorat savollari:

  1. Òovar birjasi tushunchasi va mohiyati nimada?

  2. Qanday bitimlar mavjud?

  3. Birja tarixi haqida gapirib bering.

  4. Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang.

  5. Birjalarni ajratib turuvchi belgilarni sanab bering.





  1. BOB. BIRJALAR FAOLIYAÒINING ASOSIY ÒAMOYILLARI



    1. Birja faoliyati tushunchasi

Òovar birjasi bozor iqtisodiyotining tashkiliy rasmiylash- tirilgan, klassik instituti, rasmiy narx kotirovkasi va standartlar bo‘yicha bitimlar tuzish vaqti hamda doimiy ish joyiga ega bo‘lgan, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan tovarlar ulgurji bozoridir.

Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ulgurji bozorni ularga yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja – xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narx farqida tijorat chayqovlari vositasi va shu sababli investitsiyalash uchun jalb etuvchan soha hisoblanadi.

«Birja» atamasi ostida birja jarayonining o‘zi ham, birja bitimlarini amalga oshirish, ularning natijalarini hisobga olish, sug‘urta operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlovchi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi.

Birja jarayonini tartibga solish va nazorat qilish, birja savdosi qonuniyatlarini aniqlash, birja konyunkturasini baholash, talab va taklifni bashorat qilish ehtiyojlari birja faoliyatini statistik tadqiq etish zaruratini asoslab beradi.

Birja statistikasini o‘rganish predmeti quyidagilar hisoblanadi: birja konyunkturasi, tovar massasi harakati, birja narx shakllanishi, birjada narx darajasi va tendensiyalari, investitsion jarayonlar, sotuvchi va xaridorlarning daromad va yo‘qotishlari, birjaning tovarlar bozoriga ta’siri, birja infratuzilmasi.



Birja savdosining bosh funksiyasi bozorni narx haqidagi axborot bilan ta’minlash, riskni sug‘urtalash va bozorda raqobat uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi1.





1 «Ðûíîê, äåíüãè è êðåäèò», ¹ 9, 2006 ã.

Alohida tovar birjasi doimiy ish vaqti va joyiga ega bo‘lgan, ma’lum bir tovar yoki tovarlar majmuyi bilan savdo qiladigan bozorni ifodalaydi.

Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati, asosan, xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi. Qoidaga ko‘ra, birja tovarlari — bu xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga mansub. Shu sababli ular ko‘p jihatdan chiqariladigan boshqa tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari – sifati va hajmi bo‘yicha bir xillashtirilgan, qat’iy belgilangan, oson muayyanlashtirilgan, barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan ommaviy mahsulot. U urfdan chiqib qolmasligi yoki ma’naviy eskirmasligi lozim. Bu shuni anglatadiki, birja tovari birjaga yetkazib berilmasligi mumkin. Xaridorga farqi yo‘q bo‘lishi lozim: sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan. Eng mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qimmatbaho metall, o‘rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bir xil tovar bir mamlakatda birja tovari bo‘lishi, boshqasida bo‘lmasligi mumkin.

Shuni e’tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs sifatida oldi- sotdi bitimining tomonlaridan biri sifatida ishtirok etmasdan, faqat bitimning amalga oshirilishi va birja savdosi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.




    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə