O‘ZBÅÊist


Birja bozor elementi sifatida



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə4/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Birja ishi (1)

Birja bozor elementi sifatida

Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami, birinchi navbatda, shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.



O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaat- larimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo,

«shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy



etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik1.

Mamlakatimizda 1990—1991-yillardagi iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar o‘ziga xos birja jarayoniga va birjalarning keyingi rivojlanishiga olib keldi. Real tovar bilan birja savdosi hozirda bozor kollapsini boshidan kechirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan birjalar o‘z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o‘tdi: dunyoga kelish, tez o‘sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qilish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko‘p qiyinchiliklar kutib turibdi. Birja faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan, birja kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, birja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasida keyingi yangi sifat qadamlarini qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.



Bozor sifatida birja xo‘jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya’ni erkin xo‘jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o‘zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo‘jalik agentlarini bozor o‘zgarishlari, yangi sharoitlar va yangi tovar turlarining paydo bo‘lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta’minlaydi.

Birja, bir tomondan, foyda olish maqsadida o‘z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o‘z talabini qondirish uchun mustaqil xo‘jalik subyektlari uchrashadigan bozor elementi hisoblanadi (1-chizma). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog‘liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyderlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog‘liq bo‘ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo‘lsa, u oshirilgan narx qo‘yishga haqli. Iste’molchilarning bunga javobi ijobiy bo‘lgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo‘naltirish va o‘zini yaxshi ko‘rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi.







1 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: «O‘zbekiston», 2009. – 7-b.



Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə