O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə9/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
Birja ishi (1)

Maklerlar


Makler — bu fond va tovar birjalarida bitimlar tuzishdagi vositachi. U mijozning topshirig‘i bo‘yicha va uning hisobidan harakat qiladi. Makler yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lib, birja operatsiyalarining belgilangan turlariga ixtisoslashadi. Ular vositachilik ximatlari ko‘rsatuvchi va buning uchun birja qo‘mitasi





1 Ýêîíîìè÷åñêàÿ ãàçåòà «Áèðæà», ¹ 42, 5.04.07, ñòð. 2

belgilagan miqdorda komission to‘lovlar oluvchi maklerlik idoralari va firmalariga birlashadi.

Birjada qatnashadigan shaxslar ichida maklerlar alohida o‘ringa ega. Ularning vazifasi – har bir xaridorga sotuvchini va har bir sotuvchiga xaridorni yetkazib berishdir.

Asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan maklerlar vositachilik qilishi, lekin shartnomalar tuzmasligi lozim degan tamoyil birja savdosining rivojlanishi va 1896-yil birja qonunining kuchga kirishi bilan yanada kuchaydi. Bu qonunga ko‘ra, qasamyod qiladigan maklerlar oldingi kabi tayinlanmaydi, ularning o‘rnini hozirda kurs maklerlari egalladi. Kurslarning rasmiy belgilanishida ular yordamchi shaxslar sifatida ishtirok etadi. Savdoning boshqa turlari bilan shug‘ullanish va unda ishtirok etish ular uchun taqiqlangan. Kurs maklerlari lavozimga hukumat tomonidan tayinlanadi.



Ishlarni boshlashdan avval ular zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga qasamyod qilishlari zarur. Bu holatda, garchi faoliyati xususiy xarakterga ega bo‘lsa-da, ular amaldor- larga aylanadilar. Shu bilan birga, kurs maklerlari savdogar bo‘lib, ularning barcha huquq va majburiyatlariga egalar, garchi boshqa savdo maklerlariga qarshi ma’lum bir cheklovlarga uchrasalar ham. Kurs maklerlari birja zalida o‘z joylariga egalar, shunday ekan,

u yoki bu narsani sotish yoki sotib olish istagida birjaga tashrif buyurgan shaxs kimga murojaat qilishini biladilar. Erkin maklerlar, aksincha, butun birja bo‘ylab yugurib yuradilar. Kurs maklerlari- ning savdo faoliyati doirasi erkin maklerlarning faoliyat doirasiga to‘liq mos kelmaydi. Mukofotli bitimlar ham bularning keyingisiga tegadi. Kurs maklerlari bu bilan shug‘ullanmaydilar. Shuning uchun ham mukofotlar kursi norasmiy. Kurs maklerlarining bu bilan shug‘ullanmasliklarining sababi shundaki, ular birjada o‘z o‘rinlariga bog‘lab qo‘yilgan. Mukofotli bitimlar bo‘yicha makler turli birja guruhlarida turli qatnashchilarni izlashi lozim. U bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

Maklerlarning birja daromadlari 2 ta elementdan: kurtaj va chayqov foydasidan tashkil topadi. Kurtaj — bu savdo maklerining vositchalik bilan bog‘liq yugur-yuguri uchun mukofot. Kurs

qiymatiga ega bo‘lmagan, alohida hisoblab chiqiladigan kurtaj kurs maklerlarida mingdan 1/2 ga teng bo‘ladi. U xaridor tomonidan ham, sotuvchi tomonidan ham to‘lanadi, kurs maklerining kurtaji esa, naqd bitimlarda ifodalanib, doimiy qiymatga ega bo‘ladi: maksimum mingdan 1/2, minimum 0 (franko kurtaj); odatda esa, mingdan 1/4.


Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə