O‘ZBÅÊist


Birja a’zolari majburiyatlari



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə12/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Birja ishi (1)

Birja a’zolari majburiyatlari

Birjaga a’zolik ma’lum bir huquqlar beradi va qator maj- buriyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Birjaning to‘liq a’zosi oladigan asosiy huquq – birja halqasi- da mustaqil bitimlar tuzishga ruxsatdir. Aytib o‘tilganidek, birjaga a’zo emaslar birja operatsiyalarini faqat birja a’zolari orqali amalga oshirishlari mumkin, birja halqasida birja bitimi tuzish huquqi avtomatik ravishda emas, a’zo belgilagan tayyorgarlikdan o‘tgan va bilimdonlik bo‘yicha minimal talablarga javob bergan- dan so‘ng beriladi. Shundan keyin u halqaga kirish imkonini beradigan savdogar (makler) belgisini oladi. Unga nisbatan yo‘l qo‘yadigan xatolari natijasida qo‘shimcha zarar ko‘rishi mumkinligi tufayli, shuningdek, makler belgisiga ega bo‘lganlar qoidaga ko‘ra, halqaga kirish imkoniga ega bo‘lmaganlarga nisbatan ko‘proq hajmda operatsiyalar o‘tkazishi sababli ularga qattiq moliyaviy talablar qo‘yiladi.

Birja a’zosining ikkinchi muhim ustunligi birja operatsiyalari o‘tkazish xarajatlarining nisbatan pastligidir. Odatda, a’zo bo‘lmaganlar har bir bitim bo‘yicha 2 sentdan 75 sentgacha birja yig‘imi to‘laydilar. Shu bilan bir paytda birja a’zolari, qoidaga ko‘ra, bunday yig‘imlardan ozod etiladi.

Birjaga a’zolik birja shartnomalarini sotib olish va sotishda birjaga a’zo bo‘lmaganlardan olinadigan komission mukofotlar ko‘rinishida ma’lum bir daromad olish imkonini ham beradi.

Nihoyat, birjaga a’zolikning muhim afzalligi birja boshqaruvida



ishtirok etish yoki boshqarish, birjaning faoliyat qoidalarini ishlab chiqish yoki o‘zgartirish, namunaviy shartnomalar shartlarini belgilash, bozor axborotlarini birjaga a’zo emaslardan oldinroq olish imkoniyati hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Òovar birjalari va birja savdosi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq birjani ta’sis qilishda quyidagilar ishtirok etishi mumkin emas:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy va mahalliy organlari;

  • banklar va belgilangan tartibda bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasini olgan kredit muassasalari;

  • sug‘urta va investitsion kompaniya va fondlari;

  • jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari va jamg‘armalari;

  • qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshira olmaydigan jismoniy shaxslar.

Òa’sischilar soni qanchalik ko‘p va ularning moddiy-moliyaviy ahvoli qanchalik kuchli bo‘lsa, ular birjaga shunchalik katta yordam ko‘rsata oladi deb hisoblanadi, vaholanki, ta’sischilar sonining ko‘pligi birjani boshqarishni qiyinlashtiradi.

Birja a’zosi deb uning nizom kapitalini shakllantirishda ishtirok etadigan, a’zolik badallari yoki birja mulkiga boshqa maqsadli badallar kiritadigan va ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda uning a’zosiga aylangan shaxslarga aytiladi.

Birja a’zosi belgilangan quyidagi huquqlarga ega:



  • birja savdosida ishtirok etish;

  • birjaning me’yoriy hujjatariga muvofiq uni boshqarishda qatnashish;

  • foydani taqsimlashda ishtirok etish va ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda dividend olish;

  • birja savdosida qatnashish huquqini ijaraga berish (belgi- langan tartibda va faqat bitta yuridik shaxsga).

Birja a’zolari soni cheklangan bo‘lib, nizom fondi hajmiga va bitta aksiyaning nominal qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Aksiya birja a’zosi huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. U birjadagi «joy» bahosini ifodalaydi. Joy — bu birja a’zosining mulkidir. U birja a’zosi birjadan chiqadigan taqdirda sotib yuborilishi yoki ijaraga

berilishi mumkin. Joyning bahosi Birja qo‘mitasi tomonidan belgilanadi, u talab va taklifga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 1991-yil (bahorda) RÒXB aksiyalari 2470 ming so‘mdan (nominali 100 ming so‘m), 1991-yil noyabrida 7600 ming so‘mdan sotilgan. 1990-yil Chikago tovar birjasi to‘liq a’zosining joyi 406 ming dollarga sotilgan. Ushbu birjada 1991-yil to‘liq a’zolik joyini 445 ming dollarga sotish, 405 ming dollarga sotib olish taklifi tushgan. Chet elllarda tovar birjalarida turli a’zolar guruhlari mavjud.

Masalan, London metall birjasida birja a’zolari ikki guruhga ajratilgan: individuallar (prinsiðallar) bitimlarni o‘z nomidan tuzadi; a’zo-vakillar bitimlarni ularning vakili hisoblangan firma yoki kompaniyalar nomidan tuzadi.

«Òovar birjalari va birja savdosi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbekistonda ham ikki xil birja toifalari ko‘zda tutilgan:



  • to‘liq a’zolar – birjaning barcha seksiyalarida (bo‘lim, bo‘lin- ma) birja savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan a’zolar;

  • to‘liqsiz a’zolar – mos keluvchi seksiyalarda (bo‘lim, bo‘linma) va birjaning ta’sis hujjatlari va birja seksiyalari (bo‘lim, bo‘linma) a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilangan birja savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan a’zolar.



Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə