O‘ZBÅÊist


Listing tadbiri. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə17/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
Birja ishi (1)

Listing tadbiri. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi





      1. Qimmatli qog‘ozlarning listing tadbirlari


Qimmatli qog‘ozlar listingi tadbirini o‘tkazish uchun Òoshkent RFBga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Listing tadbirini o‘tqazish haqida ariza.

  • Òa’sis hujjatlari (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  • Korxonaning davlat ro‘yxatiga olinganligi haqidagi guvohno- maning tasdiqlangan nusxasi.

  • Davlat mulki qo‘mitasining buyrug‘i (agar AJ davlat korxo- nasining negizida tashkil etilgan bo‘lsa).

  • Litsenziyani talab etadigan ishlarni bajarish va xizmatlar

ko‘rsatish uchun litsenziya.

  • Qimmatli qog‘ozlarning qo‘shimcha nashri to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonno- masidan ko‘chirma.

  • Depozitar xizmatlar ko‘rsatilishi haqidagi shartnomaning nusxasi.

  • Qimmatli qog‘ozlarning ro‘yxatga olingan emissiya risolasi va

avvalgi nashrlar qimmatli qog‘ozlarining emissiya risolalari.

  • AJ qimmatli qog‘ozlarining avvalgi emissiyalari to‘g‘risida ma’lumotnoma.

  • So‘nggi uchta tugallangan moliya yili uchun yoki tashkil

etilgan yildan boshlab har bir tugallangan moliya yili uchun izohli yozuvlar bilan buxgalterlik balanslari.

  • So‘nggi uchta tugallangan moliya yili uchun yoki tashkil

etilgan vaqtdan boshlab har bir tugallangan moliya yili uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl).

  • So‘nggi moliya yili uchun asosiy vositalar harakati to‘g‘risida

hisobot (3-shakl).

  • So‘nggi moliya yili uchun pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl).

  • So‘nggi moliya yili uchun o‘z sarmoyasi to‘g‘risida hisobot

(5-shakl).

  • Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma – so‘nggi moliya yili uchun va ariza berilgan yildagi holatiga ko‘ra balans (2-shakl)ga ilova.

  • Birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan

so‘nggi chorakning yakuni holatiga buxgalterlik balansi (1-shakl).

  • Birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan so‘nggi chorakning yakuniy holatiga ko‘ra moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl).

  • So‘nggi tugallangan moliya yili va joriy yilning hisobot davri

uchun auditorlik xulosalari.

  • Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish yo‘li bilan safarbar etiladigan mablag‘lardan foydalanishning yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos loyihasi (qo‘shimcha emissiya hollarida).

  • Reestr saqlovchi haqida ma’lumotlar.

  • Aksiyadorlar reestri haqida umumiy ma’lumotlar.

  • Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlariga kiruvchi shaxslarning ustav sarmoyasidagi ishtirokining ulushi ko‘rsatilgan ro‘yxati.

  • Eng yirik aksiyadorlar ro‘yxati (ustav fondining 5 foizidan

ortiq ulushiga egalik qiluvchi).

  • Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlari haqida hisobot.

  • Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi moliya yili uchun qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yillik hisobot.

  • Òaqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

ko‘rsatilgan xizmatlarning haqi to‘langanligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi.

  • Emitentning xohishiga ko‘ra boshqa hujjatlar va ma’lumotlar.

  • Birjaning ekspert-tahlil boshqarmasiga ko‘rib chiqish uchun amalda taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati.

Qimmatli qog‘ozlarni likvidlilik, bozor faolligi emitentning barqaror moliyaviy-xo‘jalik ahvoli bilan tavsiflanuvchi qimmatli qog‘ozlar toifasiga kiritish qimmatli qog‘ozlar listingi deb nomlanadi. O‘z navbatida listing korxonasi deb qimmatli qog‘ozlari listing tadbiridan o‘tgan, listing talablarini qondiradigan va birja rasmiy ro‘yxatiga listing toifasi bo‘yicha kiritilgan korxonalarga aytiladi.

Qimmatli qog‘ozlar listingi tadbiri qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga kiritilishi tadbirlari ichida muhim o‘rin tutadi. Qimmatli qog‘ozlar birja rasmiy ro‘yxatiga listing korxonalari toifasi bo‘yicha kiritish uchun emitent yoki u vakolat bergan vositachi Listing komissiyasiga listing to‘g‘risida belgilangan shakl bo‘yicha ariza beradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Listing komissiyasi listing korxo- nalarining qimmatli qog‘ozlarini tanlab olish va listingga kiritish uchun maxsus tashkil etilgan. Ariza birlamchi listingga ham, shuningdek, qo‘shimcha emissiya listingiga ham berilishi mumkin. Birlamchi listing haqidagi arizaga emitent birja tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq hujjatlar va axborotlarni ilova qilishi zarur.

Qimmatli qog‘ozlar listingi va unga ilova qilinadigan hujjatlar birjaning Listing komissiyasi tomonidan 30 taqvim kunida ko‘rib chiqiladi. Komissiya birjaning xodimlaridan tarkib topgan bo‘lib, unga Boshqaruv a’zolari safidan saylangan rais yetakchilik qiladi. Listing komissiyasi emitentning moliyaviy ahvolini ekspertiza qiladi va qimmatli qog‘ozlarni u yoki bu toifa bo‘yicha birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish mumkinligi haqida xulosa chiqaradi.

Obligatsiyalar va veksellar, korporativ qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, hosila qimmatli qog‘ozlar listingi haqidagi ariza faqat birja rasmiy ro‘yxatida mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari mavjud bo‘lgan hollarda ko‘rib chiqiladi. Birja rasmiy ro‘yxatiga listing



korxonalari toifasi bo‘yicha emissiyani to‘liq joylashtirgan emitentlarning qimmatli qog‘ozlari kiritiladi. Faqatgina barcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati to‘liq to‘langanidan keyin qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi joylashtirilgan hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlarni birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Listing komissiyasining xulosasidan so‘ng birjaning boshqa- ruvi tomonidan qabul qilinadi.

Listing komissiyasi unga kelib tushgan hujjatlarni birinchi marta tekshirib chiqqandan so‘ng, ularni ekspertizadan o‘tkazish uchun ekspert-tahlil boshqarmasiga topshiradi. Ushbu boshqarma emitent- ning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi. Ekspertiza birjaning ekspertlari tomonidan o‘tkaziladi, ammo zarur hollarda tashqi ekspertlar, shuningdek, mustaqil auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. O‘tkazilgan ekspertizalar asosida emitentning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida rasmiy xulosa tayyorlanadi va u ko‘rib chiqish uchun Listing komissiyasiga topshiriladi.

Listing komissiyasi rasmiy xulosani ko‘rib chiqadi va birjaning Boshqaruviga mazkur emitentning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida tavsiyalar beradi. Listing komissiyasi Boshqaruvga emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja rasmiy ro‘yxatiga listing, listing arafasi, listingdan tashqari toifalar bo‘yicha kiritish yoki ularni birja rasmiy ro‘yxatiga kiritishdan bosh tortishni tavsiya qilishi mumkin. Listing komissiyasining tavsiyalari asosida Boshqaruv bir hafta ichida mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.

Emitentni birja rasmiy ro‘yxatiga listing toifasi bo‘yicha kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin birja va emitent o‘rtasida maxsus shartnoma tuziladi. Ushbu shartnoma imzolan- ganidan so‘ng emitent listing korxonasi maqomiga ega bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarni birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha barcha xarajatlar emitentning zimmasida bo‘ladi. Korxona listing toifasiga kiritilishi bilanoq, birja bu haqdagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Listing korxonalarining aksiyalari bo‘yicha savdolar maxsus seksiyada o‘tkaziladi.

Qimmatli qog‘ozlari listing toifasi bo‘yicha kiritilgan emitent



har chorakda birjaga moliyaviy hisobotni taqdim etishi zarur. Listing korxonasi tegishli natijalarga erishgan holatda listing komissiyasi uning qimmatli qog‘ozlarini bir guruhdan (A, B, C, D) boshqa- siga o‘tkazishi mumkin.

Rasmiy birja ro‘yxatining tegishli seksiyasida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin:

  • qimmatli qog‘ozlarning birja rasmiy ro‘yxatida bo‘lishini

to‘xtatish;

  • delisting – emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja rasmiy ro‘yxatining tegishli toifasidan chiqarish yoki butunlay ro‘yxatdan chiqarish.

Birja quyidagi sabablarga ko‘ra emitentning qimmatli qog‘ozlarini birja rasmiy ro‘yxatida bo‘lishini keyinchalik to‘xtatib qo‘yishi mumkin:

  • davlat organining korxonani yopish to‘g‘risidagi qarori;

  • D guruhi ko‘rsatkichlaridan birining pasayishi;

  • moliyaviy ahvolning yomonlashuvi va zarar ko‘rib ishlash alomatlarining paydo bo‘lishi;

  • birja bilan tuzilgan shartnoma shartlarining listing korxonasi

tomonidan buzilishi;

  • listing arafasida turgan korxona tomonidan birja bilan kelishuvlarning buzilishi;

  • listingga kiritilmagan korxona tomonidan birja savdolari

qoidalarining buzilishi;

  • rasmiy birja ro‘yxatidagi korxona tomonidan reestrni yuritish qoidalarining buzilishi.

Listing korxonalari qimmatli qog‘ozlarining delistingi muvaq- qat, doimiy va mutlaq bo‘lishi mumkin. Muvaqqat delisting holatida emitentning qimmatli qog‘ozlari listing arafasi toifasiga o‘tkaziladi. Doimiy delisting holatida emitentning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari toifaga o‘tkaziladi. Mutlaq delisting holatida esa, emitentning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro‘yxatidan o‘chirilishi lozim.

Listing korxonasining muvaqqat delistingi shuni anglatadiki, emitentda qisqa muddat ichida bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan muammolarning paydo bo‘lganligi sababli uning qimmatli



qog‘ozlari rasmiy birja ro‘yxatidan listing korxonalari toifasi bo‘yicha chiqariladi.

Listing korxonalarining qimmatli qog‘ozlariga nisbatan doimiy delisting quyidagi sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin:

  • korxona moliyaviy ahvolining qoniqarsiz holatda bo‘lishi;

  • hisobot davri yakunlariga ko‘ra zararlarning mavjud bo‘lishi;

  • sarmoyadorlar uchun muhim bo‘lgan axborotni oshkor qilmaslik yoki o‘z vaqtida oshkor qilmaslik;

  • birja oldidagi moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligi;

  • korxonaning uzoq muddatli aktivlari summasidan ortiq summadagi aktivlar zamirida garov yoki kafolatlar berish;

  • qilingan sud da’volari bo‘yicha xo‘jalik sudining qarori;

  • aksiyalar bo‘yicha belgilangan dividendlarni va obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lamaslik, obligatsiyalarni so‘ndirmaslik;

  • birja tomonidan so‘ralgan axborotni bermaslik;

  • birjaga noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan axborotni berish; aksiyalar birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan yildan boshlab ularning bozor narxini 50 foizdan ortiq miqdorda kamaytirish;

  • obligatsiyalar birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan yildan boshlab

ularning bozor narxini o‘rnatilganidan ortiq miqdorda kamaytirish;

  • ushbu qimmatli qog‘oz birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilgandan keyin uchinchi oydan boshlab birja savdolarida u bilan tuzilgan bitimlar hajmi bir taqvim oyi mobaynida belgilangan summadan kam bo‘lsa.

Listing korxonasining qimmatli qog‘ozlariga nisbatan mutlaq delisting quyidagi sabablarga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin:

  • qimmatli qog‘ozlar emissiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkaz-

masdan, axborotni oshkor qilmasdan amalga oshirish;

  • davlat organining qimmatli qog‘ozlar emissiyasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori;

  • davlat organining majburiy sanatsiya va bankrotlik to‘g‘risidagi

qarori;

  • ustav faoliyatining qayta tashkil etilishi va o‘zgarishi hollarida;

  • faoliyatni to‘xtatganlik yoki o‘z operatsiyalarining katta qismini

qisqartirganlik hollarida;

  • listing korxonasining listing talablariga mos kelmasligi;

  • aktivlarni va operatsiyalar ko‘lamini katta hajmda qisqartirish;

  • birja bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarining muntazam buzilishi;

  • birja qoidalariga va me’yorlariga rioya qilmaslik;

  • korxonaning asosiy faoliyati uchun berilgan litsenziyalardan birortasining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas, deb tan olinishi, asosiy faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish;

  • muhim maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanish va h. k.

Listing arafasida turgan korxonalar qimmatli qog‘ozlarining delistingi doimiy yoki mutlaq bo‘lishi mumkin. Doimiy delisting holatida emitentning qimmatli qog‘ozlari listingdan tashqari korxonalar toifasiga o‘tkaziladi. Listing arafasida turgan korxonaning mutlaq delistingi holatida esa, uning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro‘yxatidan o‘chirilishi lozim.

Listingga kiritiladigan korxona qimmatli qog‘ozlarning delistingi faqat mutlaq bo‘lishi mumkin va ushbu holatda emitentning qimmatli qog‘ozlari birja rasmiy ro‘yxatidan o‘chirilishi kerak.


      1. Yüklə 451,11 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə