O‘ZBÅÊist


Brokerlik firmasining birja savdosida ishtirok etishi



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə16/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Birja ishi (1)

Brokerlik firmasining birja savdosida ishtirok etishi,


tovarga ariza berish va shartnoma tuzish jarayoni
Broker birja savdosining professional qatnashchisi hisoblanadi, u tashkil qilingan bozorlarda faoliyat ko‘rsatadi va birjada tovarni sotish yoki sotib olish istagida bo‘lgan mijozga yordam ko‘rsatish uchun tayyorlangan bo‘ladi. Broker va mijoz o‘rtasidagi mu- nosabatlar mijozning tashabbusi bilan vujudga keladi, biroq broker uning xizmatlaridan birontasi yana bir marta foydalanib qolishi yoki birjada bitim imzolash niyatida bo‘lgan tanishlariga tavsiya etishini kutib o‘tirmasligi kerak. Brokerlik firmasi mijozlarni ham- korlikka jalb etishida xizmat ko‘rsatadigan asosiy kanal reklama e’lonlari hisoblanadi.

Birjada ishlayotgan brokerlik firmalari mos keluvchi akkredi- tatsiyadan o‘tadi, ya’ni birja firmaning unga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini belgilaydi. Ayrim birjalarda firmaning o‘zini akkre- ditatsiyalashdan tashqari, uning birja savdolarida ishtirok etadigan brokerlarini ham akkreditasiyadan o‘tkazish talab qilinadi. Akkre- ditasiyadan o‘tgan brokerlik firmasi birja REESÒRiga kiritiladi va birja bitimlarini tuzishda uning ostida harakat qiladigan raqam (kod, shifr) oladi. Ayrim birjalarda brokerlik firmasining raqamli kodiga harflar qo‘shiladi yoki umuman harflar bilan almashtiriladi, bunda u qat’iy belgilangan (4 dan 6 gacha) harflarga ega bo‘ladi. Brokerlik firmasining funksiyalari quyidagilardan iborat:



  1. bitimlar tuzishda birja vositachiligi, ya’ni buyurtmachining topshirig‘i bilan birjada turli topshiriqlar bajarish; tovar, shartno- ma, tovar ayirboshlash operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar oldi-sot- disi (fond birjalarida mos keluvchi malakaviy attestat mavjudligida);

  2. birjadan tashqari vositachilik, ya’ni mijozlar o‘rtasida birjani aylanib o‘tgan holda bitimlar tuzish;

  1. mijozlarga birja va marketing faoliyati masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, zarur tijorat axborotlari to‘plash;

  2. tuzilgan bitimlarni hujjatlarda rasmiylashtirish;

  3. amaldagi qonunchilikka va mos keluvchi birjaning me’yoriy hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa funksiyalar.

Birinchi bosqichda brokerlik firmasi faoliyati uni ta’sis etgan

yuridik yoki jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga, keyinchalik esa, vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar (tuzilgan bitimlar uchun komission to‘lovlar hisobiga shakllanadigan) va mijozlarga ko‘rsatiladigan turli marketing xizmatlari uchun to‘lovlar hisobiga moliyalashtiriladi.

Brokerlik firmasi xodimlar shtati va unda band bo‘lganlar mehnatiga haq to‘lash hajmi firma egasi yoki rahbari tomonidan firmaning daromadlilik darajasiga qarab belgilanadi.

Brokerlik xizmatlari uchun to‘lovlar, odatda, firma va mijoz o‘rtasida bitim summasiga qarab belgilangan foiz miqdorida o‘rnatiladi (masalan, bitim summasi qancha katta bo‘lsa, foiz shunchlik kichik bo‘ladi).

Yirik firmalar komission ajratmalarni bekor qilish va turli qo‘shimcha xizmatlar taqdim etishdan (aloqadan foydalanish, maslahat berish va h. k.) daromad olishni taklif etadi.

Mijozning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilar ekan, brokerlik firmasi bitimni uning nomidan tuzadi. Qoidaga ko‘ra, brokerlik firmasi bitimlarda kontragentlar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etmaydi va uning hisob-raqamiga faqat komission to‘lovlar kelib tushadi. Biroq brokerlik firmasining tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olish varianti ham mavjud. Bu holatda u dilerlik operatsiyalarini amalga oshiradi, uning daromadi esa xarid va sotuv narxi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi.

Birjada ishlayotgan brokerlar va brokerlik firmalari bitimlarni birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiradi; birjada sotish uchun taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlari haqida axborot xarid qiladi yoki oladi; belgilangan tartibda birja personali xizmatlaridan, jumladan, savdo zallari va boshqa birja binolaridan, aloqa vositalari va boshqa idora texnikasidan (jumladan, hisoblash texnikasidan) foydalanadi; birjaning arbitraj komissiyasi ishida qatnashadi.

Brokerlar bozor konyunkturasini, mahsulotni xarid qilish va sotish imkoniyatlarini har tomonlama biladi, ancha tor tovarlar assortimentiga ixtisoslashadi. Brokerning vazifasi tovarni umumiy bozor aylanmasiga kiritishga ko‘maklashishdan iborat.

Òovar egasi bo‘lgan sotuvchilar savdo bo‘ladigan kundan

kamida bir kun oldin tovar birjasida ishlaydigan brokerlarga ularning tovarini sotish haqida topshiriq beradi. Brokerlik firmasi (idorasi) orqali brokerlik o‘rnini birjada sotib olgan yuridik shaxslar birjada faoliyat ko‘rsatayotgan brokerlar hisoblanadi.

Brokerlar o‘z xohishi bilan tovar mavjudligi va navlarini ko‘rib chiqish, tovar egasi bo‘lgan sotuvchining topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni talab qilish huquqiga ega. Òopshiriqlar yozma ko‘rinishda rasmiylashtirilishi, bunda broker sotuvchining nomidan harakat qilish uchun ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim. Birja yig‘ilishida tovar egasi bo‘lgan sotuvchilarni topish taqiqlanadi. Savdo seksiyalar — «yama» bo‘yicha bo‘lib o‘tadi, har bir seksiyada birja tomonidan makler – savdoning boshlovchisi tayinlanadi.

Makler ulardan kelib tushgan iltimoslar tartibida brokerlarga o‘z taklifini e’lon qilish uchun so‘z beradi.

Keyingi 3 daqiqa ichida talabni aniqlash ro‘y beradi, bunda broker sotuv shartlarini o‘zgartirishi mumkin. Agar broker taklifni bekor qilganini e’lon qilmasa, u broker taklif qilgan shartlarda haqiqiy hisoblanadi va xaridorlar taklif ommaviy ravishda bekor qilinmagunga qadar birja yig‘ilishi davomida broker bilan bitim tuzish huquqiga ega bo‘ladi.

Òovar birjalarining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘ri- dan to‘g‘ri brokerlik idoralariga bog‘liq.

Birjada ishlayotgan brokerlik idoralari, asosan, universal ido- ralar hisoblanadi.

Brokerlik firma (idora)larining taxminan 30%i real tovar, masalan, don, paxta, elektronika, qurilish materiallari va h. k. sotib olish va sotishga ixtisoslashadi. Ularning ko‘pchiligi davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashshish uchun yetarli mablag‘larga ega. Biroq daromadni brokerlar, asosan, birjaga a’zolikdan emas, balki mulkdan oladilar, ya’ni ular amalga oshiradigan birja bitimlariga bog‘liq bo‘ladi. Broker qanchalik ko‘p operatsiya (bitim) amalga oshiradigan bo‘lsa, u shunchalik ko‘p komission to‘lov oladi. Broker mijozni «ovlash»ni o‘rganishi lozim.

G‘arb mamlakatlarida oddiy komissiya foizi 50—60 ga teng,

ya’ni agar bir oy ichida broker qimmatli qog‘ozlar yoki real tovar bilan bir necha million dollarlik operatsiyalar amalga oshiradigan bo‘lsa, u darhol, ayniqsa, bozor faollashgan paytda juda boyib ketishi mumkin. Qo‘polroq qilib aytganda, broker xuddi tozi it kabi yangi izlarni qidirishga tushishi lozim.

Òovar va fond birjalarida yuzaga kelgan birja savdosi jarayoni quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Makler birja tovari nomi va uning narxini arizalar kelib tushganda o‘qib eshittiradi. Broker makler e’lon qilgan tovarga qiziqishini qo‘l ko‘tarish yoki ovoz bilan bildiradi. Òovarni sotuvga qo‘ygan broker va unga qiziqish bildirgan broker bitimning qo‘shimcha shartlarini o‘zaro kelishib oladilar. O‘zaro kelishuvga kelingach, brokerlar (broker-sotuvchi va broker-xaridor) tovar ko‘rsatilgan va bitim obyekti hisoblangan arizani imzolaydilar. Shu paytdan boshlab bitim tuzilgan hisoblanadi. Ikkala tomon imzolagan ariza maklerga beriladi, u arizaga o‘z imzosini qo‘yib, ro‘yxatga olish sanasi va vaqtini kiritadi. Shundan so‘ng halqadagi operator ro‘yxatga olingan bitim haqidadagi axborotni ma’lumotlar bankiga kiritadi.

Agar makler e’lon qilgan tovarga biror kishi qiziqish bildir- masa, bu pozitsiyani e’lon qilgan broker (broker-sotuvchi) taklif qilingan tovarni o‘zgartirish va bu haqida makler orqali birja yig‘i- lishiga xabar berish huquqiga ega. Buning uchun u qo‘lini ko‘tarib belgi beradi yoki maklerga axborotni yozma ravishda topshiradi.

Agar u yoki bu pozitsiyaga nisbatan bittadan ortiq broker qiziqish bildiradigan bo‘lsa, makler konkurs savdosi o‘tkazadi, unda quyidagi sharoitda arizada ko‘rsatilgan narx o‘zgartirilishi mumkin:



  • bir nechta broker-xaridor mavjud bo‘lsa, bunda bitimni amalga oshirish huquqini ko‘proq narx taklif qilgan kishi qo‘lga kiritadi;

  • bir nechta broker-sotuvchi mavjud bo‘lsa, bunda eng kam narx taklif qilgan kishi bitimni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritadi.

Agar pozitsiyani e’lon qilgan broker yoki arizachining o‘rniga

bitim tuzish vakolati berilgan broker arizada ko‘rsatilgan shartlarda bitimni amalga oshirish yoki ro‘yxatga olishni rad qiladigan bo‘lsa, bu belgilangan shartlarda bitimni amalga oshirishdan bosh tortish sifatida baholanadi, savdo qoidalarining buzilishi deb tan olinadi va jarima bilan jazolanadi.



    1. Yüklə 451,11 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə