P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

Populyatsiya 
- fransuzcha 
rorulations 
so'zidan olingan bo'lib. 
xalq, aholi degan m a ’nolarni bildiradi. Bu atam a XVIII asrning 
o x irla rid a n bo sh lab. to XX a srn in g 4 0 -5 0 -y illarig a q a d a r 
b io lo g iy a fan id a h a r q a n d a y in d iv id la r y ig 'in d isi sifatida 
q o ila n ib kelindi. Ekologik nuqtayi nazardan esa populyatsiya 
deb uzoq m uddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan yoki 
o'sadigan va bir turga m ansub bo'lgan individlar yig'indisiga 
aytiladi. Bir po pulyatsiyaga m ansub individlar shu turning 
boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin 
va oson chatishadi. Populyatsiyaning asosiy xususiyati uning 
genetik birligidir. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana 
b iri o 'z in i son j ih a td a n id o ra e tis h id ir. A yni s h a ro itd a
individlarning optim al sonining saqlab turilishi populyatsiya 
gomeostazi 
deyiladi. Y uqoridagi ta ’rifdan ko 'rin ib turibdiki, 
populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi 
populyatsiya uchun o'ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Bu xususiyatlar populyatsiyaning soni, zichligi, tug'ilishi, o'lishi, 
o'sishi va o'sish tezligida o 'z ifodasini topadi. Individlarning 
m a ’lum hududda tarqalishi, jinsi, yoshi ham da m orfologik, 
fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning 
tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi, jinsi, hayot 
siklining turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, 
oila va b.) m ansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiyadagi


individlar soni har xil turlar orasidagina emas, balki bir tur ichida 
ham har xil bo'ladi. Populyatsiyadagi individlarning 
mo'lligi
u la rn in g u m u m iy so n i, a b s o ly u t va n isb iy z ic h lik la rd a
ifodalanad i. 
Son ko 'rsa tkich i -
bu p o p u ly atsiy a egallagan 
hududlardagi individlarning umumiy sonini bildiradi. 
Zichligi
esa, m a’lum m aydon birligiga to ‘g‘ri keluvchi individlar sonini 
bildiradi. Bu ikki ko'rsatkich bir-biri bilan uzviy bog'liq.
Tug ‘ilish
- bu m a’lum vaqt ichida tug'ilgan individlar sonidir. 
Bu ko'rsatk ich m a ’lum turning evolutsiyasi davom ida qaror 
topgan xususiyatlardan bo'lib, turning biologiyasi, xulqi, jinsiy 
yetilishi, jinslarning nisbati, m uhitning qulayligi kabi hollar bilan 
belgilanadi.
Nobudbo'lish (o'lish)
- b u m a’lum vaqt ichida nobud bo ‘lgan 
in d iv id la r so n i. Bu k o 'r s a tk ic h ham tu rn in g o ‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri bo'lib, hayot muhitining xarakteriga bog'liq 
bo'ladi.
Populyatsiyaning о ‘sishi -
bu tug'ilish va o'lish orasidagi farq 
bilan ifodalanadi. U hayot m uhitining holatiga qarab m usbat 
yoki manfiy ifodaga ega bo'lishi mumkin.
O'sish tezligi
- bu v aqt birligidagi o 'sish d arajasi bilan 
b elgilanadigan k o 'rsa tk ic h d ir. M a ’lum ki, h a r qan day tirik 
organizm bir qancha boshqa organizm lar orasida yashaydi va 
ular bilan turli m unosabatlarda bo'ladi. Tirik organizmlarning 
birgalikda tashkil etgan tuzilmalari yoki ham jam oalari o'ziga 
xos tabiiy qonuniyatlar asosida vujudga keladi va boshqarib 
turiladi. Organizm darajasidan yuqori turadigan ana shunday 
tizim lardan biri - biosenozlardir. 
Bioseno:
lotincha so'z bo'lib, 
b io s -
h a y o t, 
sen o z 
- u m u m , ja m o a
d e m a k d ir 
(5-rasm).

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə