P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

Biosenoz deb 
m a ’lum vaqt m obaynida bir-biri bilan uzviy 
bog'liqlikda shakllangan va birgalikda faoliyat ko'rsatadigan 
turli tirik organizm larning ham jam oasiga aytiladi. Ekologik 
jihatdan biosenozning quyidagi xususiyatlariga asosiy e ’tiborni 
qaratish lozim:
• biosenoz tu rli tirik o rg an izm lar g u ru h la rid a n ib o ra t 
m urakkab tabiiy tizim sifatida faoliyat ko'rsatadi;
• uning shakllanishi k o 'p hollarda uzoq vaqtni talab etadi;


• un d ag i tirik o rg a n iz m la rn in g o ‘z a ro m u n o sa b a tla ri 
m uvozanatlashgan holda b o ‘ladi;
• biosenozdagi tirik organizm lar o ‘zaro va atrof-m uhitga 
moslashib yashaydilar.
Biosenoz xilma-xil tuzilmaga ega. O datda uni tur, fazo va 
ekologik tu zilm alarg a b o ‘lib o 'rg a n ila d i. B iosenozning 
tur
tuzilm asi
deyilganda biosenozdagi tu rla rn in g xilm a-xilligi
miqdori, ularning fenologik holati va hokazolar e’tiborga olinadi.
5-rasm . B iosenoz tuzilm asi (M a n b a : A .T o 'x ta y e v , 1998).
Biosenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar 
tarkibidir. Ayni bir biosenoz uchun xos b o 'lg an o ‘simlik va 
hayvon tu rlarin in g um umiy soni deyarli doim iy b o ‘lib, har 
xil turdagi biosenozlarda u keskin o 'zg arib turadi. N am tropik 
o 'rm o n lard ag i biosenozlar turga boy hisoblansa, qurg'oqchil 
va sovuq hududlardagi biosenozlarda tu rla r kam uchraydi. 
M aydon birligiga t o ‘g ‘ri keladigan tu rla r soni biosenozning 
turlarga to'yinganligi
deb ataladi. U ham turli biosenozlarda 
tu rlar tarkibi kabi o 'zg arib turadi.
B io sen o z o d a td a fito s e n o z , z o o se n o z , m ik o se n o z va 
m ik ro b io se n o z la rd an tashk il to p ad i. B iosenoz va u bilan


bog‘langan biotopning chegaralari birinchi navbatda o ‘simlik 
qoplam i o'zgarishi bilan aniqlanadi. Fitosenoz hosil qilishda 
o'sim liklar orasida son jihatdan ko'pchilikni tashkil etuvchi yoki 
ko'zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratilad i va bu tu r odatda 
hukmron
(yoki 
dominant)
tur deyiladi. Demak, dom inantlaryoki 
hukm ron b o 'lib hiso b lan g an tu rla r m iq d o r jih a td a n k o 'p
uchraydi va boshqa turlar orasida yaqqol ajralib turadi. Ular 
asosiy organik massa to'plovchi ham da fitosenozning fonini va 
xarakterin i belgilovchi h iso b lan ad ilar. D o m in an t tu rlarg a 
nisbatan ozroq m iq d o rd a u chraydigan, am m o fitosenozda 
m a’lum aham iyatga ega bo'lgan turlar 
subdominant
- ikkinchi 
hukmron turlar deb ataladi. Dom inant va subdominant turlardan 
tashqari jam oa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham 
mavjud. U lar 
kom ponm tlar
deyiladi. Kam sondagi va noyob 
turlar ham biosenozning hayotida muhim rol o'ynaydi. M a ’lum 
bir turning barcha abiotik va biotik om illar majmuiga bo'lgan 
m unosabati, y a’ni biosenozdagi boshqa turlarga nisbatan tutgan 
o 'rn i 
ekologik о 'rin
deyiladi. T abiatda populyatsiyalarga xilma- 
xil abiotik va biotik omillar ta ’sir etadi. Shuning uchun umumiy 
ekologik o'rin ichida iqlim, trofik, edafik va boshqa xususiy 
ekologik o'rin lar ajratiladi. V.N.Beklemishev tasnifotiga k o 'ra 
ekologik o 'rin trofik, tropik, forik va fabrik kabi toifalarda 
namoyon bo'ladi. 

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə