|
P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslariSkandinaviya davlatlaridagi qator ко‘liar suvining kislotalilikEkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov PSkandinaviya davlatlaridagi qator ко‘liar suvining kislotalilik
darajasi pomidor sharbati va sut zardobi kislotaligiga, bu yerda
yog'adigan yog‘inlarning kislotaliligi esa oshxona uksusi va
nordon uzum vinosi kislotaligiga teng. Bu borada Norvegiyada
ham holat og‘ir. Bu davlatda atmosferaga oltingugurt birikmalari
ch iq a rilm a yd i,
chunki
elektr
energiyasi
asosan
gidroelektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Ammo, atrofdagi
to g ‘lar o ‘ziga xos orografik q o p q o n vazifasin i bajarib,
kislotalangan iflos yog‘inlarning hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Natijada suvning kimyoviy tarkibi o ‘zgaradi. Hozirgi kunda
Norvegiyadagi ko'llarning deyarli yarmida hayot alomatlari
tugagan. Oltingugurt angidridi havodagi suv va bug‘lar bilan
o ‘zaro ta’sirlashib sulfat kislotasi ko‘rinishida binolar ustiga
yog'ishi natijasida binolar tez eskiradi va buziladi. Kislota
saqlovchi yomg‘irlar va bug‘lar tomlardagi temir tunukalarni
korroziyaga uchratib, tez ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Kimyo
korxonalari joylashgan mintaqalarda havodagi zararli moddalar
konsentratsiyasi qishloq joylaridagiga nisbatan yuqori bo‘lgan
sharoitlarda temir va uning qotishmalarini korroziyaga uchrash
tezligi 20 marta, alyuminiyli qotishmalarniki esa 100 marta tez
kechishi aniqlangan. Atmosferaning ifloslanish darajasining 2
marta ortishi, sanoat uskunalarining xizmat qilish muddatim
birinchi kapital ta’mirgacha 1,5 marta qisqarishiga olib keladi.
Kislotali yomg'irlardan himoyalanish usullaridan biri turli
xil yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirish va
freonlar ishlab chiqarishni taqiqlashdan iborat. Azot oksidlari
Dostları ilə paylaş: |
|
|