P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari


miqdori 0,006 dan 0,056 gacha o'zgarib turadi. Shu bilan birga



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

miqdori 0,006 dan 0,056 gacha o'zgarib turadi. Shu bilan birga
ozon konsentratsiyasining har yili 1-4 % ga oshayotganligi
kuzatilmoqda.
«Fotokimyoviy smog». «Smog» so‘zi birinchimarta 1905-yilda
ishlatilgan bo‘lib, uni ingliz tilidan tarjimasi tutun ma’nosini
beradi. Sanoat korxonalari va transport vositalaridan ajralib
chiqayotgan gazlar tufayli havoning og ‘irlashib, sarg‘ayib tuman
hosil bo‘lishi kuzatiladi. Smog hosil bo‘lganda havoda juda
yomon qo‘lansa hid paydo bo'ladi. Uning miqdori qancha ko‘p
bo‘lsa, odamlar o ‘zini shuncha yomon his qiladilar. Bunday
hodisa birinchi marta Londonda kuzatilganligi sababli, u
«London smogi» deb atalgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
London smogining hosil bo‘lishida S 0 2gazi asosiy rol o'ynaydi.
Smog vaqtida uning atmosferadagi konsentratsiyasi 5-10 mg/
m3 va undan ortiq bo'lgan. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki,
qayerda oltingugurtga boy yoqilg‘ilar ishlatilsa, o ‘sha joyda smog
hosil bo‘lishi ortadi. Smog hosil bo‘lish sabablarini o ‘rganish
natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yilning issiq kunlarida va
kuzning dastlabki oylarida London smogidan farq qiladigan
boshqa xil smoglar hosil bo'lishini kuzatish mumkin. Bunday
smog birinchi marta AQSH ning Los-Anjelos shahri tepasida
kuzatilganligi sababli, uni «Los-Anjelos» smogi deb ataladi.
Bunday smog quyosh nuri ta’sirida yuz berganligi m a’lum
bo'lgandan keyin unga «fotokimyoviy smog» deb nom berildi.
K eyingi yillarda sanoat korxonalarini va katta transport
yo'llarini shaharlar tashqarisiga chiqarilganligi sababli London
smogining hosil bo‘lishi ancha kamaydi. Ammo hozirgi bir
vaqtda dunyoning deyarli hamma katta shaharlari osmonida
fotokim yoviy smogning hosil b o ‘lishi ortmoqda. M a’lumki,

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə