103841
II
H
V A I I M A T O V A . A . I I . I I O I I O J O N O V ,
A n M A X I M O V
l i m
I
f
0 ‘Z B E K I S T 0 N R E S P U B L IK A S I
O L IY VA 0 ‘R TA M A X S U S T A ’L IM V A Z IR L IG I
D .S. Yarmatova, A.R. Bobojonov,
A.R. Raximov
DAYLAT KADASTRI
ASOSLARI
0 ‘zbekiston R espublikasi Oliy va o ‘rta m axsus ta Tim vazirligi tom onidan
5 3 1 1 5 0 0
—
«G eodeziya, kartografiya va kadastr»
b a ka la vr yo 'nalishlarida ta Tim olayotgan ta labalar uchun darslik
sifatida tavsiya etilgan
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-ma baa ijodiy uyi
Toshkent — 2014
U O 'K : 528.44(075)
K BK
65.32-5
D 14
Ya75
Taqrizchilar:
E. Karimov
— «SamHOLIS» kadaslr MCHJ boshlig'i;
A. Eshmuradov
— «Shahar qurilishi va kadastr» kafedrasi katta o ‘qituvchisi;
I. Bobobekov
—
«Shahar qurilishi va kadastr» kafedrasi dotsenti, qishloq
xo'jaligi fanlari nomzodi.
Davlat kadastri asoslari fanidan 5311500 — «Geodeziya, kartografiya va
kadastr» (tarm oqlar bo‘yicha) ta ’lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash
o ‘quv rejasiga muvofiq tuzildi. M azkur darslik shu yo'nalishda ta ’lim olayotgan
talabalarga moMjallangan bo'lib, unda davlat kadastrlari, uning m azm uni,
mohiyati va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati, shu jum ladan,
yer kadastri ham da boshqa turdagi kadastrlar, ularni yuritish tartibi, vazifalari
ham da iqtisodiyot tarmoqlarini bozor munosabatlariga o'tishi sharoitida ushbu
kadastrlam ing tutgan o‘rnini yoritadi.
ISBN
978-9943-05-682-4
© D. Yarmatova va boshq, 2014
© ChoMpon nomidagi N M IU , 2014
KIRISH
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgan kundan boshlab
barclia sohalar kabi geodeziya, kartografiya, kadastr sohalari ham
rivojlana boshladi. Hozirda olib borilayotgan ilmiy va amaliy
ishlarni yanada mukammallashtirish maqsadida sohaga doir yangi
texnika va texiiologiyani hayotga tatbiq qilishga katta ahamiyat
berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartog
rafiya va davlat kadastrlari davlat qo‘mitasining m a’lumotlariga
qaraganda, 0 ‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44410,3 ming
ga ni tashkil etgani holda, lining 90 foizga yaqini davlat tom onidan
turli huquqlar asosida korxona, muassasa, tashkilotlarga, shu
jum ladan fuqarolarga biriktirilgan. Awalambor, shuni ta ’kidlash
joizki, kadastrning barcha turlarini bajarish uchun Davlat G eo
deziya tarmoqlari (DGT) barcha talablarga javob beradigan daraja-
da barpo etilgan bo‘lishi kerak. Bu borada Respublikamizda ilmiy
va amaliy ishlar olib borilmoqda.
C hunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida Davlat G eo-
dezik tarm og‘ini, Yer yo‘ldoshi tizimi texnologiyasi bo‘yicha tako-
millashtirish masalasiga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratilib, bu ishning
rivojiga katta ahamiyat berilmoqda.
G ap shundaki, barcha yerlar, ko'chm as mulk chegaralari,
burchaklari D G T asosida joyida topiladi va belgilanadi.
Yer va boshqa turdagi ko'chm as mulklarni ro‘yxatga olish,
ular haqida aniq m a’lumotlarni to‘plash, ularni bir joy — m a’lu-
m otlar banki (MB)ga yig'ib, kerak bo'lganda ulardan samarali
foydalanish, yer ko'chmas mulk egasi bo iish i davlat va jismoniy
shaxsning yerga, ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqini himoya qilish
soliq tizimini mukammallashtirish, ko‘chmas mulk haqidagi m a’lu
motlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, ularni kimoshdi
3
bozorida sotish va sotib olish kabi juda ko‘p masalalarni yechish
maqsadida yer kadastri tuzildi.
Xalq xo'jaligining turli sohalari, o'simliklar, qishloq xo‘jalik
ekinlari va um um an insoniyat uchun zarur bo'lgan chuchuk
suvning miqdori cheklangan bo‘lib, olimlarning bcrgan m a’lumot-
lariga qaraganda, dunyo bo'yicha 84 m 827,2 ming km3 ni tashkil
qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 2000-yilda qabul qilingan
«Davlat kadastrlari to ‘g‘risida»gi qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yiI 17-iyuldagi 255-sonli « 0 ‘zbe-
kiston Respublikasida Davlat kadastrlarining yagona tizimini
yaratish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash to ‘g‘risida»gi qarori va bosh-
qa qator qonun hamda me’yoriy hujjatlarga binoan, mamlakati-
m izda yer, suv, o ‘rm on va avtom obil yo 'llari kadastrlarini
yuritishga bo'lgan munosabat bar tom onlam a o'zgardi.
Davlat yer, suv, o ‘rmon va avtomobil yo'llari davlat kadastrlari
Davlat kadastrlarining yagona tizimi tarkibiga kiritildi, ularda
bajariladigan ishlar hajmi kengaytirildi va ahamiyati oshirildi.
Shuning uchun ham yer, suv, o'rm on va avtomobil yoilari davlat
kadastrlari, ularning mazmuni va mohiyati, tarkibiy qismlari,
yuritish tamoyillari to‘g‘risida qisqacha to'xtalib o ‘tish joizdir.
Davlat yer kadastri muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega.
Uning m a’lumotlaridan turli masalalarni hal qilish, jum ladan,
yer solig‘i, yer maydonlariga ijara haqi
niiqdorlarini belgilash,
qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini rejalashtirishda, yer tuzish,
yerdan foydlanish bilan bog'liq bo‘lgan barcha masalalarni hal
qilishda foydalaniladi.
Shuning uchun bo'lg'usi bakalavrlar mamlakatimizning tabiiy
iqtisodiy salohiyati bo‘lgan yer, suv, o 'rm o n va boshqa m an-
balarni bevosita o'rganish, ularni sifat va miqdor jihatdan baho-
lashning ilg'or uslublari va texnologiyalarini qo'llashni mukammal
o'zlashtirishlari zarur.
Fanni o'zlashtirish jarayonida talaba Davlat yagona kadastrlar
tizimini yuritish bo'yicha m a’lum otlarni zamonaviy hisoblash
vositalari va kompyuterlari yordamida tahlil qilishi hamda zarur
xulosalar chiqarishni o'rganadi.
4
Bino va inshootlarni ro‘yxatga olish, ular haqida aniq m a’lu-
m otlarni to ‘plash, ulardan samarali foydalanish soliq tizimini
mukammallashtirish, bino va inshootlarni kimoshdi bozorida sotish
hamda sotib olish kabi juda ko‘p masalalarni yechish maqsadida
kadastr yuritiladi. Bino va inshootlar yoki uning m a’lum bir
qismiga egalik huquqini rasmiylashtirish, bu huquqni muhofaza
qilish maqsadida bino va inshootlar kadastri tuziladi.
Shahar hududida muhandislik tarmoqlarning ko‘pligi, ular-
ning yerosti, yer yuzi va yerustida joylashganligi, topografiyasi,
ro'yxati, egasi, mulkning bahosi va shunga o'xshash ko‘pgina
talablarga shaharsozlik kadastridan foydalangan holda javob
topiladi.
Dostları ilə paylaş: |