U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

INvESTITSIYa LoYIhaSI
Amalga oshirilgan investitsiyalar har doim ham biz o‘ylagan natijaga 
olib kelmasligi mumkin. Ayrim holatlarda ular juda past samara keltirishi, 
ba’zida esa umuman o‘zini oqlamasligi mumkin. Bunday holatlar inves
-
titsiya riski deb nomlanadi.
Investitsiya riski
– ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra inves-
tit siya mablag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy 
yo‘qotish ehtimoli.
Investitsiya riskini pasaytirish maqsadida investitsiya mablag‘ini sarf
-
lash oldindan puxta hisob-kitob qilinishi lozim. Bu investitsiya loyihasini 
ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.


123
Investitsiya loyihasi 
– iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘sindagi foyda 
olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq 
tadbirlar majmuyidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380-
sonli yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 
6-modda
Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tijorat, moliya
-
viy, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy loyiha kabi turlari bo‘lishi mumkin.
INvESTITSIYa LoYIhaSI TahLILI
Investitsiya loyihasining to‘g‘ri ishlab chiqilganligi, unda belgilangan 
chora-tadbirlarning asosli ekanini baholash uchun uni tahlil qilish kerak 
bo‘ladi.
Investitsiya loyihasi tahlili
– investitsiyalarni amalga oshirishning 
maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beruvchi muayyan usul va 
harakatlar majmuyi. 
Har qanday investitsiya loyihasi tahlili quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga 
oladi:
1) zarur ma’lumotni tanlash va tayyorlash;
2) dastlabki ma’lumotni qayta ishlash va tahliliy ma’lumotni shakl
-
lantirish;
3) tahliliy ma’lumotni talqin etish;
4) xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə