U. G‘afUrov, Q. SharIpov


axborotga oid innovatsiyalar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

axborotga oid innovatsiyalar
– korxona innovatsion faoliyatida ax
-
borot olish, uning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash bilan bog‘liq 
jarayonlar. Ayniqsa, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal 
rivojlanayotgan bir vaqtda ushbu yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy innovatsiyalar 
– mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim, madaniyat sohalaridagi muammolarni hal etish bilan 
bog‘liq jarayonlar. Bundan ko‘rinadiki, maktabda o‘quvchilarga ta’lim 
berish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish ham innovatsiya 
hisoblanadi.
INNovaTSIYa G‘oYaLarI MaNBaLarI
Siz o‘z faoliyatingizda innovatsiyani amalga oshirishingiz uchun dast
-
lab innovatsiya bo‘yicha g‘oyaga ega bo‘lishingiz lozim. Innovatsiya 
g‘oyalarining o‘zi to‘satdan paydo bo‘lishi ham, ularni maqsadga muvofiq 
shakllantirish ham mumkin. Shunga ko‘ra, innovatsiya g‘oyalari manba
-
larini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
1) kutilmagan hodisa. Sizning faoliyatingizda biron-bir muvaffaqiyat 
yoki omadsizlik, qandaydir voqeaning ro‘y berishi yangi g‘oyalarga, ixti
-
roga sabab bo‘lishi mumkin;


127
2) biron-bir narsa to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz va haqiqat o‘rtasidagi 
nomuvofiqlik. Odatda tasavvur haqiqiy holatga ko‘ra ijobiyroq, yuqoriroq 
bo‘ladi va u yangi o‘zgarishlar qilishga undaydi;
3) jarayon ehtiyojlari asosidagi yangiliklar. Siz biron-bir jarayonni ku
-
zatib turib, bu yerda nimadir yetishmayotganligini his etasiz. Uni to‘ldirish 
esa yangilikning yaratilishiga olib keladi; 
4) faoliyat yo‘nalishingiz yoki mahsulot bozorida ro‘y beruvchi fav
-
qulodda o‘zgarishlar;
5) bilimdagi o‘zgarishlar. Sizning biron-bir mahsulot yoki jarayon 
to‘g‘risida yangi ma’lumotga ega bo‘lishingiz darhol uni amaliyotga joriy 
etishga undaydi. Bu esa yangi bilim asosida yangi mahsulot yoki xizmat
-
larga asos solinishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə