U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Investitsion risk
korxonaning investitsion faoliyati jarayonida ko‘zda 
tutilmagan moliyaviy yo‘qotishlarning paydo bo‘lishini anglatadi. Ya’ni, 
korxona qimmatli qog‘ozlarining sotilmay qolishi yoki ular keltiradigan 
daromadning pasayib ketishi, investitsiya loyihalarining amalga oshmasligi 
shular jumlasidandir.
TaDBIrKorLIK faoLIYaTIDa rISKNI BahoLaSh
Ta
dbirkorlik faoliyatida riskning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 
u baholab boriladi. Tadbirkorlik riskini baholashning bir qator usullari 
mavjud. Jumladan: statistik, analitik, analogiya va ekspert baholash usuli.
EhTIMoLIY rISKNI hISoBLaSh
Ris
k yoki tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bi
-
lan bog‘liq. Amerikalik olim F. Nayt (1885 – 1972) ehtimolni ikki turga 
bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va 
statistik 
ehtimol. 


130
b
irinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kam
-
roq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga 
xosdir. Ham obyektiv, ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik daraja
-
sini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha 
qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin 
bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. 
Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning 
olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini 
bilish kerak bo‘ladi.
Kutiladigan miqdor – bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha 
o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos 
qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovidir.
E X
P x
P x
P x
n n
( )
=
+
+ +
1 1
2 2

Bu yerda 
x
i
 
– mumkin bo‘lgan natija;
P

(Probability) – ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli: 
P

+
 P
2
+...+ 
P
n
= 1
Masalan, tadbirkor yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi. Agar tadbir
-
korning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir mahsulot 
birligiga 10 000 so‘m foyda olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishma
-
sa, bir birlik mahsulot uchun 1 000 so‘m olinadi. Korxona mahsulotining 
bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, bir birlik 
mahsulotdan kutiladigan foyda miqdori quyidagicha aniqlanadi:
E(X)
= 0,6 × 10 000 + 0,4 × 1 000 = 6 400 
so‘m
Insonlar riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga tayyorligi bilan bir-
biridan farq qiladi. Insonlar riskka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga 
bo‘linadi: 
– 
riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga moyil insonlar; 
– 
riskka borishga qarshi, ya’ni moyil emas insonlar;
– 
riskka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushu
-
niladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq 
natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Shuning uchun 
ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlar
-


131
ga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek hisoblanadi va ular 
ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, 
kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natijani ma’qul ko‘rib, 
tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka 
neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
Tavakkalchilikka moyil bo‘lgan inson shunday inson hisoblanadiki, 
kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga nisbatan tavak
-
kalchilik bilan bog‘liq natijani ustun ko‘radi.
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi 
insonlarga o‘z taqdirini sinab ko‘rish uchun barqaror daromaddan voz 
kecha oladigan insonlar kiradi. 
Riskni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, su-
g‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida risk bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni 
biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa 
bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan riskni kamaytirishga olib 
keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir 
vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish 
ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan 
yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda 
ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. Quyidagi jadvalda ikki 
turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilg
an.
1­jadval

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə