U. G‘afUrov, Q. SharIpov


KorXoNaNING INNovaTSIoN faoLIYaTI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

KorXoNaNING INNovaTSIoN faoLIYaTI 
Mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni ta’minlash uchun 
korxonalarda innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.
Korxonaning innovatsion faoliyati 
– yangi bilim va texnologiya-
larni ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi.
Bu tadbirlar ilmiy, texnologik, moliyaviy va tijorat tavsifiga ega bo‘lishi 
mumkin. Korxonada innovatsion faoliyatni amalga oshirish natijasida:
– yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga 
qo‘yish;
– mavjud mahsulot yoki xizmatlarda yangi sifat xususiyatlari hosil 
qilinishi mumkin.
Korxonada innovatsion faoliyatni boshqarish 
innovatsion menejment 
deb ataladi.
INNovaTSIYaLarNING TUrKUMLaNIShI
Siz o‘z faoliyatingizda innovatsiyalarni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, 
u holda ularning turlarini bilishingiz lozim. Innovatsiyalarning quyidagi 
turlari farqlanadi.
Har bir innovatsiya turining mazmunini ko‘rib chiqamiz.


126
Innovatsiya turlari
Texnik
Texnologik
Tashkiliy-
boshqaruv
Axborot
Ijtimoiy
Texnik innovatsiyalar
– yangi yoki takomillashtirilgan xossalarga ega 
mahsulotlar ishlab chiqarish. Bunda siz o‘z mahsulotingizning biron-bir 
texnik xususiyatini takomillashtirgan bo‘lishingiz mumkin.
Texnologik innovatsiyalar
– mahsulotlar ishlab chiqarishning nisba
-
tan takomillashgan usullarini qo‘llash. Bunda mahsulot ishlab chiqarish 
texnologiyasiga yangi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tashkiliy-boshqaruvga oid innovatsiyalar
– ishlab chiqarish, trans
-
port, sotish va ta’minotni maqbul holda tashkil etish bilan bog‘liq jarayon
-
lar. Siz korxonadagi mavjud tashkiliy-boshqaruv jarayonlari mazmunida 
yangi o‘zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə