U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Tadbirkorlik riski
– resurslardan samarali foydalanish mum
-
kin bo‘lgan holatdan chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni 
yo‘qotish xavfi.
Tadbirkorlik riski bu boradagi faoliyatning barcha turlari – mahsulot 
ishlab chiqarish, tovarlar sotish va xizmat ko‘rsatish; tovar-pul va moli
-
yaviy operatsiyalar; tijorat; ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish 
bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin.
Demak, tadbirkorlik riski rejalashtirilgan tadbir amalga oshmay qolgan 
holda zarar yoki ziyon ko‘rish ehtimoli. U boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato yoki ko‘zda tutilmagan ho
-
latlar oqibatida ham kelib chiqishi mumkin.
Risk tushunchasi xalqaro ahamiyat kasb etadigan tushuncha bo‘lib, 
o‘zbek tilida xavf, xatar, tahlika va tavakkalchilik degan mazmunni ang
-
latad
i. 


129
rISKLarNING aSoSIY TUrLarI 
Ta
dbirkorlik riskini juda ko‘p turlarga, masalan, tabiiy iqlim, siyo
-
siy, xo‘jalik, transport va boshqalarga ajratish mumkin. Biz uning uchta 
asosiy turini – ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion riskni ko‘rib 
chiqamiz.
Ishlab chiqarish riski
korxonaning xo‘jalik yuritish faoliyati bilan 
bog‘liq. Bunda korxona o‘zining majburiyatlarini bajarmaslik ehtimoli tu-
shuniladi. Masalan, korxona buyurtmachi yoki xaridorlar oldidagi shart
-
nomaviy majburiyatlarini bajarmasligi, o‘z tovar va xizmatlarini sota ol
-
masligi, ular narxlarini to‘g‘ri belgilay olmasligi, bankrotlikka yuz tutishi 
mumkin. 
Moliyaviy operatsiyalar tavsifidan kelib chiqqan holda yuzaga keluvchi 
zararlar 
moliyaviy risk
ni vujudga keltiradi. Moliyaviy risk moliya-kredit, 
fond birjasi sohalarida, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasini amalga oshirish
-
da yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni ifodalaydi. Moliyaviy 
risklarga, shuningdek, kredit riski, foiz riski, valuta riski, moliyaviy natija-
ni boy berish riski kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə