U. G‘afUrov, Q. SharIpov


Tovarlarni sotishdan tushgan daromad



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Tovarlarni sotishdan tushgan daromad
Tovarlar turi
Yoz fasli
Qish fasli
Muzqaymoq
600 mln. so‘m
100 mln. so‘m
Muzqaymoqli tort
100 mln. so‘m
600 mln. so‘m
Firma o‘z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi 
tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq 
sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ik
-
kinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya 
yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin diversifikatsiya tavakkalchi
-
likni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.


132
rISKLarNI SUG‘UrTaLaSh
risklarni qo‘shish
– ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas 
xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. 
Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmas
-
ligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib ular juda katta xarajatlarga 
olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamayti
-
rishda sug‘urtaning ahamiyati katta. 
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan bel
-
gilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmasligi kerak.
BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Tadbirkorlik riski deganda nimani tushunasiz?
2. Tadbirkorlik riski qanday turlarga bo‘lib o‘rganiladi?
3. Tadbirkorlik riskini baholashning qanday usullarini bilasiz?
4. Ehtimoliy risk asosida kutiladigan miqdor qanday aniqlanadi?
5. Tadbirkorlik riskini pasaytirishning qanday turlarini bilasiz?
MavZU YUZaSIDaN aMaLIY TopShIrIQ va 
MaShQLar
1. Aytaylik yosh tadbirkor Nigora Abdurazzoqovaning ixtiyorida pulini 
ko‘paytirishning ikki xil tanlash varianti bor. Birinchidan, agar u o‘zida 
mavjud bo‘lgan ortiqcha 100 mln. so‘m mablag‘ini bankka omonatga 
qo‘ysa, yillik 20 foiz ko‘rinishida kafolatlangan qo‘shimcha daromad 
oladi. Ikkin chidan, u qo‘shimcha ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi 
mumkin. Uning ishlab chiqargan mahsuloti bozorda muvaffaqiyat qozon
-
sa, tadbirkorning qo‘shimcha oladigan daromadi 40 mln. so‘mni, agar 
muvaffaqiyat qozona olmasa 10 mln. so‘mni tashkil etadi. Mahsulotning 
bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,4 ga teng. Mahsulotni ishlab 
chiqarishdan kutiladigan daromad miqdorini aniqlang. Tadbirkor qaysi 
variantni tanlaydi?


133

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə