U. G‘afUrov, Q. SharIpov


-MavZU KorXoNaDa MEhNaT rESUrSLarI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

29-MavZU
KorXoNaDa MEhNaT rESUrSLarI
MEhNaT rESUrSLarI
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda eng muhim iqtisodiy resurslar
-
dan biri – mehnat resurslari hisoblanadi. 
Mehnat resurslari
– aholining mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan 
jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan qismi.
O‘zbekistonda mehnat resurslari tarkibiga 16 yoshdan 55 yoshgacha 
bo‘lgan ayollar hamda 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar kiradi.
MEhNaT SharTNoMaSI
Agar siz tadbirkorlik faoliyati asosida ishchilarni ishga yollamoqchi
bo‘lsangiz, buni qonuniy asosda tashkil etishingiz lozim. Mamlakatimizda 
korxona va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomasi yordamida 
shakllanadi. 
Mehnat shartnomasi 
– korxona va ishchilar o‘rtasidagi ishga 
yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi 
huquqiy hujjat.
Mehnat shartnomasida quyidagi muhim masalalar belgilab beriladi: 
– ish haqi stavkasi; 
– me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka
– dam olish kunlari va tanaffuslar; 
– pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar; 
– narxlarning o‘zgarishini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa 
to‘lovlar miqdorini tartibga solish;
– mehnat sharoiti va boshqa masalalar.
Shuningdek, mehnat shartnomasida zarur tashkiliy masalalar ham 
ko‘rsatib o‘tiladi. Odatda, mehnat shartnomasi bir necha yilga tuziladi.


134
ISh haQI 
Tadbirkorlik faoliyatida ishchilarni rag‘batlantirishning eng asosiy 
shakli ish haqi hisoblanadi. Ish haqining to‘g‘ri va adolatli belgilanishi 
pirovardida tadbirkorlik faoliyati natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ish haqi 
– tadbirkorlik faoliyatida yaratilgan mahsulotdan ishchi 
va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab 
to‘lanadigan ulushining puldagi ifodasi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqi ularning yetarli darajadagi turmush 
sharoitini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda nominal va real ish haqi tushun-
chalarini bilish zarur.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə