U. G‘afUrov, Q. SharIpov



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

Nominal ish haqi 
– ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi 
yoki pul shaklidagi ish haqi.
Misol uchun, siz o‘z korxonangizdagi ishchiga yanvar oyida 800 ming 
so‘m, fevral oyida 790 ming so‘m, mart oyida 820 ming so‘m ish haqi 
to‘ladingiz. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
real ish haqi
– nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo‘lgan 
tovarlar va xizmatlar miqdori.
Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid 
etish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan ayonki, real ish haqi nominal ish haqi 
miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga bog‘liq. Demak, real ish 
haqi nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari hamda 
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir:
V
r
n
V

Bu yerda: 
V
r
real ish haqi
V
n
– nominal ish haqi; 
P
– iste’mol bu
-
yumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Yuqoridagi misolda siz tomondan ishchiga to‘langan nominal ish haqi 
yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 98,7 foizni, mart oyida 102,5 foizni 
tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o‘zgarishini aniqlash uchun 
esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to‘g‘risida ma’lu-
mot zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 
P


135
1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real ish 
haqi fevralda 731 ming so‘mni, mart oyida esa 683 ming so‘mni tashkil 
etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 
91,3 foiz, mart oyida 85,3 foiz darajasida bo‘ladi.
ISh haQINI BELGILaSh
Tadbirkorlik faoliyatida ish haqining to‘g‘ri belgilanishi davlat tomo
-
nidan tartibga solinadi. Ish haqini belgilash tarif tizimi yordamida amalga 
oshiriladi. 
Tarif tizimi
– mamlakat mintaqasi, tarmoqlar, ishlab chiqarish 
turlari, xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ish haqi da
-
rajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmuyi.
Tarif tizimi o‘z ichiga tarif-malaka ma’lumotnomalari, tarif stavkalari, 
tarif setkalari, ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsiyentlarni 
oladi:

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə