Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
bank auditi (1)

Hukumatga tegishli hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar
Agar bank hukumatning maxsus dasturiga tushgan bo`lsa, bankda hukumatning maxsus 
hisobvaraqlari joylashadi va shu hisobvaraqlar bo`yicha bank olingan resurs uchun foizli 
xarajatlar qiladi. Auditor bu resurslarga foizli xarajatlarni to`g`ri hisoblanganini tekshiradi. 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga to`lanishi lozim bo`lgan hisobvaraqlar 
bo`yicha foizli xarajatlar
Bu tur xarajatlar uchun auditor 51600 hisobvaraqlarni tekshirishi lozim. Bu hisobvaraqlar: 

51601 Markaziy bankning vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar; 

51606 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar; 

51611 Markaziy bankning depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar. 
Bu hisobvaraqlarda bankning Markaziy bank bilan qilgan jami operatsiyalari natijasida qilingan 
jami xarajatlar hisobga olinadi. 
Boshqa banklarga to`lanishi lozim bo`lgan hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar
Har bir tijorat banki boshqa tijorat banklari bilan doimiy aloqada bo`ladi. ya`ni resurs 
oladi va aksincha resurs beradi. Mana shu resurslar uchun qilingan jami xarajatlar mana shu 
hisobvaraqlarda hisobga olinadi va aks ettiriladi. bu hisobvaraqlar quyidagilar: 

52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvarag`i bo`yicha foizli xarajatlar; 



52106 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli xarajatlar; 

52111 Boshqa banklarning depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar. 

Boshqa qarz mablag`lari bo`yicha foizli xarajatlar
Bu hisobvaraqlarda:
-
bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar (52600); 
-
qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar bo`yicha foizli xarajatlar (53100); 
-
uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar (54100) 
turdagi foizli xarajatlar hisobga olinadi. 

Chiqarilgan qarz qimmatli qog`ozlari bo`yicha foizli xarajatlar
-
Depozit sertifikatlari bo`yicha foizli xarajatlar
Depozit sertifikatlari bo`yicha foizli xarajatlar- bank tomonidan muomalaga chiqarilgan depozit 
sertifikatlari uchun to`lanadigan foizlardir. Auditor ularni tekshirayotganda dastlab depozit 
sertifikatlari soni, muddati, ular bo`yicha to`lanadigan foiz stavkasi, ularning qaysi hisobvaraqda 
yuritilishi kabi omillarni inobatga olishi lozim. 
-
Chiqarilgan obligatsiyalar bo`yicha foizli xarajatlar 
-
Chiqarilgan veksellar bo`yicha foizli xarajatlar 
-
Chiqarilgan boshqa qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar 

REPO bitimlari bo`yicha foizli xarajatlar
Bu xarajatlar qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo`yicha foizli 
xarajatlarni o`z ichiga oladi. Bu xarajatlar 54300 hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
Boshqa foizli xarajatlar 
Bu xarajatlar yuqorida keltirilgan birorta xarajat turiga kirmaydigan xarajatlar hisoblanadi. Ular 
54902- boshqa foizsiz xarajatlar va 54904 –bosh bank/filialdan olingan mablag`lar bo`yicha 
foizli xarajatlardan iborat.
Foizsiz daromadlarni tekshirish uchun auditor “Foyda va zararlar to`g`risida”gi 
hisobotning “
Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
satrini tekshirishdan 
boshlaydi. Bu satrda bankning O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarga 
ko`rsatilgan xizmatlar uchun, akkreditivlar va akseptlar bo`yicha, overdraft bo`yicha ko`rsatilgan 
xizmatlardan vositachilik haqi va to`lovlar ko`rinishida hisoblangan daromadlar, kredit 
majburiyatlari bo`yicha, menejment bo`yicha, mahalliy va xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso 
operatsiyalari bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun 
to`lovlar ko`rinishida boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə