Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
bank auditi (1)

Jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
Auditor jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlarni tekshirish uchun dastrurdagi quyidagi 
hisobvaraqlarni tekshirishi lozim: 

50601 Hukumatning budjetdan tashqari mablag`lari asosidagi jamg`arma depozitlari 
bo`yicha foizli xarajatlar; 



50603 Respublika qaramog`idagi budjet tashilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari 
asosidagi jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar; 

50604 Mahalliy budjet qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari 
mablag`lari asosidagi jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar; 

50605 Budjetdan tashqari fondlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

50606 Jismoniy shaxslarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

50607 Respublika yo`l fondining jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

50608 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarining jamg`arma depozitlari 
bo`yicha foizli xarajatlar; 

50611 Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining jamg`arma depozitlari bo`yicha 
foizli xarajatlar; 

50614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

50616 Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

50618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

50621 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

50626 Boshqa mijjozlarning jamg`arma depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar. 
Yuqoridagi hisobvaraqlar qoldiqlari va foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotning 
jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar summalari bir xil chiqishi lozim. Ular orasida 
farq bo`ladigan bo`lsa, auditor bu farq nimaga yuzaga kelganini topishi lozim. Xato kimningdir 
aybi bilan yuzaga kelsa, auditor aybdorni topishi va jazolashi lozim.

Muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar 
Salmoq jihatidan tijorat banklarining eng ko`p foizli xarajatlari aynan shu tur foizli xarajatlar 
hisobiga to`g`ri keladi. Bunga asosiy sabab, muddatli depozitlarning bank uchun barqaror resurs 
ekanligi hisoblanadi. Bu xarajatlarning auditor diqqat bilan tekshirishi lozim. Ularning ma`lum 
muddatga qo`yilishi va ular bo`yicha shartlarning to`g`ri bajarishi juda muhim hisoblanadi. 
Auditor dastlab muddatli depozitlarga foiz to`lash, ularning foiz stavkalari, muddatlari va depozit 
hisobvarag`i ochilgan kunga e’tibor berishi zarur. Dasturdagi 51100 “Muddatli depozitlar 
bo`yicha foizli xarajatlar” satrini diqqat bilan tekshiruvdan o`tkazishi lozim. Auditor dasturdagi 
quyidagi hisobvaraqlar qoldiqlari va “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning muddatli 
depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar satri summalari bir xil chiqishiga e`tiborini qaratishi lozim: 

51101 Hukumatning budjetdan tashqari mablag`lari asosidagi muddatli depozitlari 
bo`yicha foizli xarajatlar; 



51103 Respublika qaramog`idagi budjet tashilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari 
asosidagi muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar; 

51104 Mahalliy budjet qaramog`idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari 
mablag`lari asosidagi muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar; 

51105 Budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

51106 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

51107 Respublika yo`l fondining muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

51108 Xususiy korxonalar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlarining muddatli depozitlari 
bo`yicha foizli xarajatlar; 

51111 Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining muddatli depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

51114 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

51116 Nodavlat notijorat tashkilotlarining mudatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar; 

51118 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlari; 

51121 Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari bo`yicha foizli 
xarajatlar; 

51126 Boshqa mijjozlarning mudatli depozitlari bo`yicha foizli xarajatlar. 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə