Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
bank auditi (1)

Qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar foydasi
”- ushbu satr bo`yicha auditor 
qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar investitsiyalarining sotilishi yoki chiqib ketishi 


natijasida olingan foyda, shuningdek qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar sof 
foydasidagi bankning ulushi aks ettrilishi lozim. 

Savdo operatsiyalaridan olingan foyda
” bunda ma`lum turdagi aktivlarni sotish yoki 
boshqacha chiqib ketishi hisobiga olinadigan foyda hisobga olinadi. 

Valyuta operatsiyalaridan olingan foyda
” valyutani sotish, sotib olish va valyuta bilan 
amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani o`zida aks ettiradi. Bu satrda 

45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda; 

45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo`yicha xorijiy valyutalardan 
foyda; 

45409 Valyuta transaksiyalari bo`yicha foyda. 
Hisobvaraqlar qoldiqlari yig`indisi hisobga olinadi. 

Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar
”- ushbu satrda xususiy kapitalga qilingan 
investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi. 

Investitsiyalardan olingan foyda
”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga qilingan 
investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi hisobvaraqlarning 
qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim: 

45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni sotish yoki 
dispozitsiya qilishdan olingan foyda; 

45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan 
olingan foyda

45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki 
dispozitsiya qilishdan olingan foyda. 

Sof pul moddalari bo`yicha foyda
”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini hisobga olish uchun 
hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks ettiriladi. “
Boshqa operatsion daromadlar
”- 
ushbu satrga yuqoridagi satrlarga kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda 
mamlakatimiz tijorat banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi 
deyarli foizli daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi hisoblanadigan 
operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu satr: 

45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar; 

45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan olingan 
daromadlar; 

45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda; 

45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan 
daromadlar; 

45921 Hisobdan chiqarilgan mablag`larining qaytarilishi; 



45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks 
ettiradi. 
Foizsiz xarajatlarni tekshirishda auditor quyidagi hisobvaraqlar qoldiqlariga e`tiborini 
qaratadi.
-
55100 Vositachilik xarajatlari 
-
55300 Xorijiy valyutadan ko`rilgan zarar 
-
55600 Tijorat operatsiyalaridan ko`rilgan zarar 
-
55700 Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik 
jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko`rilgan zararlar 
-
55800 investitsiyalardan ko`rilgan zararlar 
-
55900 Boshqa foizsiz xarajatlar 
Banklar o`z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil uchun 
tasdiqlangan va xabar berilgan smeta assignovaniyalari doirasida amalga oshiradilar. 
Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo`yicha kreditlarni bank rahbari tasarruf etadi. 
Bank rahbari bank bo`yicha buyruq chiqarib, smeta assignovaniyalarini tasarruf etish huquqini 
o`z muoviniga ishonib topshirishga haqlidir. Respublika banki raisi ham buyruq chiqarib smeta 
bo`yicha assigniyalarni tasarruf etish huquqini o`zining birinchi muoviniga berishi mumkin. 
Biroq, smeta bo`yicha assignovaniyalarni tasarruf etish huquqini boshqa shahsga berib qo`yish 
bilan bank raisini uning smeta intizomi ahvoli uchun qonunda belgilangan shaxsiy 
javobgarlikdan ozod qilmaydi. Smeta assignovaniyalari, shu jumladan kelgusi davrlar xarajatlari 
hisobidan mablag` sarflash uchun hujjatda kreditlar tasarruf etuvchisining ijozat imzosi bo`lishi 
shart. 
Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta assignovaniyalari hisobot yilining 
31 dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan barcha xarajatlar 31 dekabrgacha 
o`tkazilishi lozim. 
Bankning operatsion xarajatlari hisobi banklar tomonidan balansda quyidagi tegishli 
hisobvaraqlar yuritiladi: "Ish haqi va xodimlar uchun boshqa xarajatlar", "Ijara va saqlash", 
"xizmat safari va transport xarajatlari", "Ma`muriy xarajatlar" va shu kabilar. Bu hisobvaraqlarga 
faqat hujjatlar bilan tasdiqlangan va amalda qilingan xarajatlar kiritiladi. 
Kelgusi yillar smetalari hisobidan bankning operatsion xarajatlari uchun qilinadigan 
xarajatlar hisobi "Puli oldindan to`langan xarajatlar" hisobvarag`ida yuritiladi. 
Bu hisobvaraqqa yil oxirida ta`tilga ketadigan xodimlarga to`langan ish haqi, xususan 
kelasi yilga taalluqli to`lovlar, kelasi yil uchun gazetaga obuna bo`lish xarajatlari, kelgusi yillar 
smetalari hisobidan o`rni qoplanishi kerak bo`lgan ijaraga olingan binolarni kapital ta`mirlash 
xarajatlari summasi va shu kabilar o`tkaziladi.


Tijorat banklari daromadlari va xarajatlari auditi bo`yicha tuziladigan auditor hisoboti 
har bir filialda o`tkazilgan auditorlik tekshiruvidan keyin aniqlangan kamchiliklar, yo`l 
qo`yilgan xatoliklar va ularni to`g`rilash bo`yicha ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi. Audit 
tekshiruvi natijalarini maxfiy saqlash bank uchun juda muhim hisoblanadi. Tijorat banklari 
daromadlari va xarajatlari auditi bo`yicha tuziladigan auditorlik hisoboti jami auditorlik 
hisobotining bir qismi hisoblanadi. Unda daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, hisobda 
yuritish, foizlarni hisoblash kabi satrlar mavjud bo`ladi. Auditorlik hisoboti uch qismdan 
iborat bo`ladi.

Kirish qismi 

Tahliliy qism 

Xulosa qismi 
Kirish qismida auditorlik tekshiruvlari qaysi sanalarda, bankning qaysi bo`limlarida, 
kimlar tomonidan o`tkazilganligi, balansning qaysi moddalari tekshirilganligi ko`rsatiladi. 
Tahliliy qismda esa bankning daromadlari va xarajatlari miqdori, ularni hisobga olish va 
hisobda yuritishning o`ziga xos jihatlari, bankning daromadlari va xarajatlari to`g`ri 
hisoblanganligi, tegishli hisobvaraqda aks ettirilganligi, xatoga yo`l qo`ygan mas`ul shaxslar, 
ularni to`g`rilash muddati, xatoliklar yuzasidan bankka keltirilgan zarar miqdori kabi 
ko`rsatkichlar aks ettiriladi. 
Xulosa qismida bankning umumiy faoliyatiga baho beriladi va bankning faoliyati 
bo`yicha o`tgan yilga nisbatan erishilgan yutuqlar, kamchiliklar to`liq bayon etiladi. Xulosa 
faqatgina auditorlik qo`mitasi va u orqali bank Kengashiga taqdim etiladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə