Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy
kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin.
Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi
va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan
farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash
texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi
chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday
odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati
so‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz tuzilishini
yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimi Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
-
ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
-
ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon
tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan
xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli
zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon
beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa
kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona
masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni
integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon beradi. Shaxsni
biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari
bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining
buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish (mobil
kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez
amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari
datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan
foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - ro‘yxatga olish, ekranni saqlash
rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon
beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul
ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy
110
xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini
ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.