112
kompyuter asosidagi tarmoqlararo ekranlar faqat uzatiluvchi axborot hajmi nisbatan kichik bo‘lgan
tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi bitta ishchi o‘rniga
hisoblanganda yechim
narhining yuqoriligi va unumdorlikning tarmoqlararo ekran ishlaydigan apparat ta’minotiga
boqliqligi.
Dasturiy ta’minot asosidagi VPN.
Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan
ixtisoslashtirilgan
qurilmadan qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida yetarli quvvatga
ega. Ta’kidlash lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas.
Shu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish
uchun yetarli unumdorlikni
ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi—qo‘llanilishining moslanuvchanligi va
qulayligi, hamda narxining nisbatan yuqori emasligi.
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN.
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPNlarning
eng muhim afzalligi
unumdorligining yuqoriligidir. Ixtisoslashtirilgan VPN tizimlarda shifrlashning mikrosxemalarda
amalga oshirilishi tezkorlikning ta’minlanishiga sabab bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan
VPN-qurilmalar
xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlaydi, ammo ularning narhi anchagina yuqori.
OSI modelining ish sathi bo‘yicha VPNning turkumlanishi
Kanal sathidagi VPN
OSI modelining kanal sathida ishlatiluvchi VPN vositalari uchinchi (va yuqoriroq) sathning
turli xil trafigini inkapsulatsiyalashni ta’minlashga va "nuqta-nuqta" tilidagi
virtual tunnellarni
(marshrutizatordan marshrutizatorga yoki shaxsiy kompterdan lokal hisoblash tarmog‘ining
shlyuzigacha) qurishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: