114
Simsiz regional tarmoqlar
yuzasi bo‘yicha shaxarga teng bo‘lgan xu-dudga xizmat qiladi.
Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilan-gan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur
bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi
klinikalar orasida
ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shaxar
masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi.
Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to‘playdi yoki mo- bil
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatishga imkon beradi.
Simsiz Internet xizmatlari bilan ta’minlovchilar (Wireless
Internet Service Provider, WISP)
uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun doimiy simsiz ulanishlarni ta’minlash maqsadida
shaxarlarda va qishloq joylar-da simsiz regional tarmoqlarni mijozlar ixtiyoriga taqdim etadi. Bunday
tarmoqlar, ko‘pincha simli ulanishlarni yotqizish bilan bog‘liq chegarala-nishlarga ega bo‘lgan oddiy
simli ulanishlarga nisbatan samarali hisoblanadi.
Simsiz
regional
tarmoqlarning
xarakteristikalari
turlicha.
Ula-nishlarda
infraqizil
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo‘lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: