O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Simsiz shaxsiy tarmoqlar
 
uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib 
turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o‘rtacha bo‘lib, 
uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi. 
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki 
noutbukida a’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan 
simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chi-galliklarining 
yo‘qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo‘lib, buning evazi-ga tashqi qurilmalarning boshlang‘ich 
o‘rnatilishi va keyingi, zaruriyattug‘ilganda, joyining o‘zgartirilishi anchagina osonlashadi 
Simsiz lokal tarmoqlar
ofislarning ichida va tashqarisida, ish - lab chiqarish binolarida 
uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda 
noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir 
protsessorli va katta ekranli
PDA
 
larni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar 
zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo‘la turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o‘z 
vazifala- rini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatish- ning 54Mbit/sgacha 
tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablari- ni qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, 
komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’ana- 
viy simli lokal tarmoqlariga o‘xshash. 


114 
Simsiz regional tarmoqlar 
yuzasi bo‘yicha shaxarga teng bo‘lgan xu-dudga xizmat qiladi. 
Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilan-gan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur 
bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida 
ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shaxar 
masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. 
Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to‘playdi yoki mo- bil 
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatishga imkon beradi.
 
Simsiz Internet xizmatlari bilan ta’minlovchilar (Wireless Internet Service Provider, WISP) 
uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun doimiy simsiz ulanishlarni ta’minlash maqsadida 
shaxarlarda va qishloq joylar-da simsiz regional tarmoqlarni mijozlar ixtiyoriga taqdim etadi. Bunday 
tarmoqlar, ko‘pincha simli ulanishlarni yotqizish bilan bog‘liq chegarala-nishlarga ega bo‘lgan oddiy 
simli ulanishlarga nisbatan samarali hisoblanadi. 
Simsiz 
regional 
tarmoqlarning 
xarakteristikalari 
turlicha. 
Ula-nishlarda 
infraqizil 
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo‘lishini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə