O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


-rasm. Sensor ishlashining prinsipi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

22.2-rasm. Sensor ishlashining prinsipi 
Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida ishlatiluvchi usul 
aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–kalitlar bilan 
kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari va yuqori 
bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun 
breloklarga o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, 
avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga 
ega bo‘ladi.
Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Qo‘l panjasi shaklini 
o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l 
panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 
90 dan ortiq o‘lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna 
shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki markazlashtirilgan ma’lumotlar 
bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va 
o‘lchamlarining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik 
rejimiga va shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun 
qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti ya’ni inkor etilgan qonuniy 
foydalanuvchilar foizi kichik. 
 
Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar

Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy 
kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida 
masofadagi foydalanuvchi sub’ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash 
texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu 
holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab xususiyatlari 
ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini 
identifikatsiyalashda hususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi 
qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor 
ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini 


109 
skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab 
qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab 
etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha 
tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham 
aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 45
0
ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib 
keladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə