O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash 
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining 
xususiyatlarini o‘lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi 
biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 
-biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi 
yuqori; 
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; 
- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. 
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar quyidagilar: 

barmoq izlari; 


107 

qo‘l panjasining geometrik shakli

yuzning shakli va o‘lchamlari; 

ovoz xususiyatlari; 

ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi. 
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali 
xarakterlanadi: 

xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false-reject rate);

xatolik tasdiqlar koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate). 
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo‘ladi (odatda 
FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi 
shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). 
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining har biriga ma’lum 
xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala
parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur 
qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar 
koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga erishiladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə