O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

 Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi 
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan 
foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay
autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy 
sabab barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan 
dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. 
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro‘yxatga 
olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga 
oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir–biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, 
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida 
xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» 
bilan taqqoslanadi.
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy 
element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, 
daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli 
qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan 
autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan 
elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig‘im 
qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-
o‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor 
ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri 
vazifasini o‘taydi (2-rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va 
pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va 
pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.


108 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə