O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari 
Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy 
kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. 
Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi 
va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan 
farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash 
texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi 
chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday 
odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi 
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati 
so‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz tuzilishini 
yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi.
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimi
Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
-
ko‘z yoyi rasmidan foydalanish; 
-
ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish. 
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon 
tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan 
xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli 
zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon 
beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa 
kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona 
masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni 
integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali 
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon beradi. Shaxsni 
biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari 
bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining 
buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish (mobil 
kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez 
amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari 
datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan 
foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - ro‘yxatga olish, ekranni saqlash 
rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon 
beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul 
ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy 


110 
xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini 
ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə