O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


Tarmoqlararo ekranlar asosidagi VPN



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Tarmoqlararo ekranlar asosidagi VPN.
Aksariyat ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo ekrani tunnellash va ma’lumotlarni 
shifrlash vazifalarini madadlaydi. Tarmoqlararo ekranlar asosidagi yechimga misol tariqasida Check 
Point Software Technologies kompaniyasining Fire Wall-1 mahsulotini ko‘rsatish mumkin. Shaxsiy 


112 
kompyuter asosidagi tarmoqlararo ekranlar faqat uzatiluvchi axborot hajmi nisbatan kichik bo‘lgan 
tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi bitta ishchi o‘rniga hisoblanganda yechim 
narhining yuqoriligi va unumdorlikning tarmoqlararo ekran ishlaydigan apparat ta’minotiga 
boqliqligi.
Dasturiy ta’minot asosidagi VPN.
Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan 
ixtisoslashtirilgan qurilmadan qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida yetarli quvvatga 
ega. Ta’kidlash lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas. 
Shu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish uchun yetarli unumdorlikni 
ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi—qo‘llanilishining moslanuvchanligi va 
qulayligi, hamda narxining nisbatan yuqori emasligi. 
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN.
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPNlarning eng muhim afzalligi 
unumdorligining yuqoriligidir. Ixtisoslashtirilgan VPN tizimlarda shifrlashning mikrosxemalarda 
amalga oshirilishi tezkorlikning ta’minlanishiga sabab bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan VPN-qurilmalar 
xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlaydi, ammo ularning narhi anchagina yuqori.
OSI modelining ish sathi bo‘yicha VPNning turkumlanishi 
Kanal sathidagi VPN
OSI modelining kanal sathida ishlatiluvchi VPN vositalari uchinchi (va yuqoriroq) sathning 
turli xil trafigini inkapsulatsiyalashni ta’minlashga va "nuqta-nuqta" tilidagi virtual tunnellarni 
(marshrutizatordan marshrutizatorga yoki shaxsiy kompterdan lokal hisoblash tarmog‘ining 
shlyuzigacha) qurishga imkon beradi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə