O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Tarmoq sathidagi VPN. 
Tarmoq sathidagi VPN-mahsulotlar IPni IPga inkapsulyatsiyalashni bajaradi. Bu sathdagi keng 
tarqalgan protokollardan biri SKIP protokolidir. Ammo bu protokolni autentifikatsiyalash, tunnellash 
va IP-paketlarni shifrlash uchun atalgan IPSec(IPSecurity) protokoli asta-sekin surib chiqarmoqda. 
Seans sathidagi VPN 
Ba’zi VPNlar "kanal vositachilari" (circuit proxy) deb ataluvchi usuldan foydalanadi. Bu usul 
transport sathi ustida ishlaydi va har bir soket uchun alohida trafikni himoyalangan tarmoqdan 
umumfoydanuvchi Internet tarmog‘iga retranslyatsiyalaydi. (IP soketi TCP-ulanishning va muayyan 
port yoki berilgan port UDP kombinatsiyasi orqali identifikatsiyalanadi. TCP/IP stekida beshinchi-
seans sathi bo‘lmaydi, ammo soketlarga mo‘ljallangan amallarni ko‘pincha seans sathi amallari deb 
yuritishadi.) 
 
 


113 
24-MAVZU: SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA AXBOROT HIMOYASI 
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 
24.1
. Simsiz tarmoq konsepsiyasi va tuzilmasi 
24.2
. Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga tahdidlar
24.3. 
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari 
 
Tayanch iboralar:
 
quvvat, global tarmoqlar, qayta uzatgich, litsenziya, telekommunikatsiya, 
axborotn jo‘natish, uzatishning asinxron usuli.
 
Simsiz tarmoq konsepsiyasi 
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o‘zaro bog‘lanishlariga imkon beradi. Bu 
siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan 
foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o‘zlariga qulay va xohlagan joylarida 
elektron pochtani olishlariga yoki Web- sahifalarni ko‘zdan kechirishlariga imkon beradi. Simsiz 
tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog‘lanishning kompyuter 
qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar 
(Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, ser- verlar va printerlar 
taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi 
telefonlar va hatto naushniklar ma’lum 
hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. 
Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi 
Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz tarmoqlarning 
quyidagi kategoriyalari farqlanadi: 
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN); 
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); 
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN): 
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN). 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə