113
24-MAVZU: SIMSIZ ALOQA TIZIMLARIDA AXBOROT HIMOYASI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
24.1
. Simsiz tarmoq
konsepsiyasi va tuzilmasi
24.2
. Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga tahdidlar
24.3.
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari
Tayanch iboralar:
quvvat, global tarmoqlar, qayta uzatgich, litsenziya, telekommunikatsiya,
axborotn jo‘natish, uzatishning asinxron usuli.
Simsiz tarmoq konsepsiyasi
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o‘zaro bog‘lanishlariga imkon beradi. Bu
siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan
foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o‘zlariga qulay va xohlagan joylarida
elektron pochtani olishlariga yoki Web- sahifalarni ko‘zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz
tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog‘lanishning kompyuter
qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar
(Personal digital assistance, PDA),
noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, ser- verlar va printerlar
taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi,
ammo eng yangi
telefonlar va hatto naushniklar ma’lum
hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega.
Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi
Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz tarmoqlarning
quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless
local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Dostları ilə paylaş: