Nazoratlanmaydigan xudud Simli va simsiz tarmoqlar orasidagi asosiy farq tarmoq chetki nuqtalari orasidagi mutlaqo
nazoratlanmaydigan zona bilan bog‘liq. Uyali tarmoqlarning yetarlicha keng makonida simsiz muhit
aslo nazoratlanmaydi. Zamonaviy simsiz texnologiyalar tarmoq makonini boshqarish vositalarining
chegaralangan to‘plamini taqdim etadi. Bu simsiz tuzilmalarning yaqinidagi xujum qiluvchilarga
simli dunyoda mumkin bo‘lmagan xujumlarni amalga oshirishga imkon beradi
Yashirincha eshitish Yashirincha eshitish. Simsiz tarmoqlar kabi ochiq va boshqarilmaydigan muhitda eng
tarqalgan muammo anonim xujumlarning mumkinligi.
24.2-rasm. Yashirincha eshitish Bo‘g‘ish . Tarmoqlarda bo‘ ish atayin yoki atayin bo‘lmagan interferensiyaning aloqa
kanalidagi jo‘natuvchi va qabul qiluvchi imkoniyatidan oshganida sodir bo‘ladi. Natijada bu kanal
ishdan chiqariladi. Xujum qiluvchi bo‘ ishning turli usullaridan foydalanishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish . DoS (Denial of Service — xizmat ko‘rsatishdan voz
kechish) xilidagi xujum tarmoqni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Butun tarmoqda, jumladan
bazaviy stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo bo‘ladiki,
stansiyalhar bir-birlari bilan bog‘lana olmaydilar. Bu xujum ma’lum doiradagi barcha
kommunikatsiyani o‘chiradi. Simsiztarmoqqa bo‘ladigan DoS xujumni oldini olish yoki tuxtatish
qiyin. Simsiz tarmoq texnologiyalarining aksariyati litsenziyalanmagan chastotalardan foydalanadi,
demak, bir qancha elektron qurilmalardan interferensiya bo‘lishi mumkin.
Mijozlarni bo‘g‘ish Mijoz stansiyasini bo‘g‘ish firibgarga o‘zini bo‘g‘ilgan mijoz o‘rniga qo‘yishiga imkon beradi
(24.3-rasm). Mijoz ulanishni amalga oshira olmasin degan maqsadda unga xizmat ko‘rsatishdan voz
116
kechish uchun ham bu ishdan foydalaniladi. Juda mohirlik bilan qilingan xujumlar niyati buzuq odam
stansiyasini bazaviy stansiyaga ulash maqsadida mavjud ulanishni uzadi.