Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   195
Ona tili sintaksisi

 
HOKIM SOʻZ
– ayn. Hokim boʻlak.
 
HOKIMLIK
Oʻzaro aloqa (bogʻlanish)da biror qismning hokim 
vaziyati. Masalan, baland imorat, beshta talaba birikmalaridagi imorat 
va 
talaba
soʻzlarining vaziyati. 
 
HOL
Ish-harakatniig qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, 
maqsadi, oʻrni, payti va shu kabi belgilarini bildiradigan ikkinchi 


174 
darajali boʻlak: 
Koʻchalar qanotidagi ariqlarda zilol suvlar sharqirab 
oqib turibdi. (
L. Ergashev)
 Oʻrikzorda qizil koʻylakli bir ayol koʻrindi. 
(
P. Tursun) 
Kambagʻal dehqonlarning qancha-qancha ziroatlari 
suvsizlikdan qurib ketgan. (
H. Nosirova) 
IKKINCHI DARAJALI BOʻLAKLAR
Bosh boʻlaklar bilan yoki 
oʻzaro bir-biri bilan tobe aloqada boʻladigan, hokim boʻlakning 
ma’nosini aniqlab, toʻldirib, izohlab keladigan gap boʻlaklari. Gapning 
ikkinchi darajali boʻlaklari asosiy xususiyatlariga koʻra uch turga 
boʻlinadi:1) aniqlovchi (q.), 2) toʻldiruvchi (q.), 3) hol (q.). 
 KESIM ERGASH GAP
Bosh gapning koʻrsatish yoki soʻroq olmo-
shi bilan ifodalangan kesimini izohlab, aniqlab keluvchi ergash gap: 
Senga beradigan maslahatim va nasihatim shuki, 
umidsizlikka 
tushma
.
(S. Ayniy)
KESIM TARKIBI
Kesim va unga tobe boʻlgan ikkinchi darajali 
boʻlaklar: 
Koʻk yuzida suzib yurgan bulut parchalari 
oftobni bir 
zumda yuz koʻyga solyapti
. (A. Qahhor)
KESIM
Tasdiq/inkor, mayl, zamon shaxs/son ma’nosi va shakliga 
ega boʻlgan, gapning egasi haqidagi xabarni ifodalovchi boʻlak: 
Qani, 
yur.
(X. Toʻxtaboyev) 
Bunaqa chiroyli qizni umrim bino boʻlib 
koʻrmaganman. (
Oʻ. Hoshimov) 
Men sizga oʻgʻilman, farzandingiz-
man.(
S. Ahmad) Nutqda kеsimsiz gap boʻlishi mumkin emas

Gapni 
yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi 
ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini 
koʻrsatuvchi eng muhim boʻlakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali 
boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita 
kesimga bogʻlanadi. Gapda kеsim boʻlmasa, u oʻzbеk tili uchun 
toʻliqsiz gap hisoblanadi. Kеsim qaysi turkum soʻzi bilan ifodalansa, 
shu turkum soʻrogʻiga javob boʻladi.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə