Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195
Ona tili sintaksisi

KETMA-KET ERGASHISH
Ergash gaplarning oʻzaro birin-ketin 
tobelanib, soʻngra bosh gapga bogʻlanishi: 
Agar siniq shisha boʻlsa 
ham, birovning mulki boʻlsa, xiyonat qilma.
KIRISH SOʻZ
Gap boʻlaklari bilan sintaktik bogʻlanmagan, gap 
boʻlagi vazifasida boʻlmagan, gapning ayrim boʻlaklari yoki butun 
gapning mazmuniga soʻzlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi 
soʻz: 
Albatta, kampir kelinlarini roʻzgʻordan siqmasdi. Ammo rejani 
buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. (
S. Ahmad) 
Menimcha, 
Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzil-
ganidan keladi. (
Oybek) 


175 
KIRITMA SOʻZ BIRIKMASI
Xuddi kiritma soʻzga oʻxshash 
vazifaga (xususiyatga) ega boʻlgan soʻz birikmalari: Odatda xotin-
qizlarga chiroy bagʻishlovchi narsalar ham
 
(
sochining jingalakligi)
 
Soraxonga yarashmaydi.
(M. Sultonova)
 
KIRITMA SOʻZ
Gap boʻlaklari bilan shakliy-grammatik bogʻlan-
magan, asosiy fikrga qoʻshimcha, yoʻl-yoʻlakay qoʻshimcha fakt 
bayon qiluvchi, toʻldirish, aniqlik kiritish va sh. k. maqsadda 
qoʻllanuvchi soʻz. Kiritma soʻz kirish soʻzdan farqli holda modal 
ma’no ifodalamaydi, gap boshida kelmaydi: ...
allaqanday bir 
tergovchini chaqirtirib (chaqirib emas), xoʻp soʻkkan emish 
(A. 
Qahhor). 
KIRITMA GAP 
Soʻzlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga 
oid izoh, qoʻshimcha axborot berish ehtiyoji bilan qoʻllanadigan gap. 
Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba’zan vergul yoki tirelar bilan 
ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik toʻxtam va ovoz 
balandligi bilan ajratiladi. Kiritma gaplar juda keng qoʻllaniladigan 
soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon 
etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan uning nutqi oraligʻidagi 
qavslarda) koʻrsatib boriladi. 
Chinorning yonish voqeasi (uning tafsi-
lotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum 
boʻla boshladi.
«Oʻtkan kunlar» (siz bu romanni oʻqigansiz, albatta) 
oʻzbek romanchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi. 
MODEL
(
fran.
modele 
ital.
modello – namuna, qolip) Biron til 
hodisasi (nutq birligi) tarkibiy qismlarining joylashish holatini 
koʻrsatuvchi sxema yoki namuna: 
Soʻz yasalish modeli:
yasalish asosi 
+ yasovchi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə