Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195
Ona tili sintaksisi

GAP BOʻLAKLARINING TARTIBI
Gap boʻlaklarining oʻzaro 
ma’lum grammatik qonun-qoida asosida, ma’lum sintaktik, 
mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap 
boʻlaklari tartibining ikki turi bor: 1) toʻgʻri tartib (
q.
), 2) teskari tartib 
yoki inversiya (
q.
). 
GAP
Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan shakl-
langan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Gapning 
grammatik asosini predikativlik – zamon, mayl, tasdiq-inkor, shaxs-
son kategoriyasi va xabar, soʻroq, buyruq ohangi tashkil etadi. Oʻzbek 
tilida eng kichik gap birgina kesimdan iborat boʻladi: 
Oʻqi. Oʻqidi. 
Boryapsan. Talabaman.
GAPNING AKTUAL BOʻLINISHI
Gapning muayyan nutqiy 
matndagi mundarijasidan kelib chiqib, mazmun jihatdan boʻlinishi. 
Bunday boʻlinishda gap ikki qismdan iborat boʻladi: 1) soʻzlovchi va 
tinglovchi (oʻquvchi) uchun ma’lum narsani ifodalovchi qism (tema), 
2) soʻzlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi boʻlgan qism, ya’ni yangi 
axborot, ma’lumot qismi (rema): 
Togʻa-jiyan jimgina borarldilar.
Bu 
gapning aktual boʻlinishida tema: 
togʻa-jiyan
; rema: 
jimgina borar-
ldilar

GAPNING MAZMUNIY TUZILISHI
Gapning mazmun jihati
mavhum mantiqiy-grammatik ma’nosi («fikr predmeti va uning 
belgisi» kabi), subyekt, fikriy obyekt kabi mazmuniy kategoriyalar 
asosida keltirib chiqariladigan mazmun. 
HOKIM BOʻLAK
Soʻz birikmasining hokim qismi (q.). Masalan, 
e
rtalab hasharga chiqamiz gapida chiqamiz fe’li hokim boʻlak. Qiyos. 
Tobe boʻlak.
 
HOKIM QISM
Oʻzaro aloqa (bogʻlanish)da sintaktik jihatdan tobe 
boʻlmagan, boshqa (tobe) qismni ergashtiruvchi, unga nisbatan hokim 
vaziyatdagi komponent: hokim soʻz. M., hokim boʻlak (
q
.), bosh gap 
(
q.
). 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə