Dorivor preparatlari.
Rutin (kukun (poroshok va tabletka
holida chiqariladi), kversetin (tabletka holida chiqariladi) va
mevadan tayyorlangan nastoyka.
Yapon soforasining guli chet eldan keltinladi. Shuning
uchun Sobiq Ittifoqda o‘sadigan o‘simliklar orasida mtinga boy
78
mahsulot izlab topish katta ahamiyatga ega. Rutin olish uchun
mahsulot sifatida yasmiq
(Fagopyrum sagittatum Gilibe)
o‘simligining yer ustki qismi tavsiya etilgan. Yasmiq Rossiya,
Ukraina va Belorus respublikalarida o‘stiriladi. Uning yer ustki
qismi tarkibida 2-6% rutin va boshqa birikmalar bor.
Yapon soforasini o‘stirish texnologiyasi.
Yapon soforasi
manzarali daraxt sifatida 90 ga yaqin mamlakatda o‘stirilmoqda.
0 ‘zbekistonga u birinchi marta XVIII asr o‘rtalarida keltirilgan.
Toslikent shahrida hozirgi kunda 150 mingga yaqin yapon soforasi
ekilgan va hosil bermoqda. Yapon soforasi tez o‘suvchan yorug‘
sevar, quruqlikka va sho‘rga chidamli o‘simlik hisoblanadi.
Uning mevasi oktyabr-noyabr oylarida pishib etiladi. Yapon
soforasi ekiladigan yerlami kuzda gektar hisobiga 20-28 tonna
organik o‘g‘it va 50 kilogramm fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirib
25-30 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi. 0 ‘simlikni kuzda
va bahorda - aprel oyining birinchi o‘n kunligida ekiladi. Kuzda
ekilgan urug‘lardan unib chiqqan maysalari bahorda boTadigan
sovuq kunlarga chiday olmasligi mumkin. Shuning uchun uning
urug‘ini bahorda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Urug‘lami ekishdan oldin 10-15 kun ivitilib, yumshoq
po‘stlog‘idan elaklarda ajratilib olinadi va quritiladi. Tozalangan
xom-ashyodan 30-33% ga yaqin urug‘ ajratib olish mumkin.
1000 dona urug‘ining og‘irligi o ‘rtacha 100 g ga to‘g‘ri keladi.
Kuzda haydalgan yerlami borona va mola mexanizmlari bilan
tekislanadi.
Tayyorlangan u rugiar namli tuproqda 3-4 sm chuqurlikda
ekiladi. Agar tuproqda nam etarli boTmasa tezlik bilan sug‘oriladi.
Yapon soforasining urugTari 2 qator qilib keng pushtalarga
ekiladi. Tuproqda namni ko‘proq saqlash maqsadida qatqaloq
boTishni oldini olish va urug‘ ekilgan egatlaming tuprog‘i qizib
ketmasligi uchun sholi poxoli, chirigan barglar va yog‘och
qipiqlari bilan 1 sm qalinlikda yopib chiqiladi.
Bahorda ekilgan urugTar 10-15 lcundan keyin unib chiqadi.
Hosil bo‘lgan ko‘chatlaming yaxshi rivojlanishi uchun egatlami
79
har doim nam holatda saqlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari
unib chiqqan maysalar atrofi muntazam ravishda yumshatilib
turilishi lozimdir.
Yapon soforasini о ‘ suv davrida 3 -4 marta oralarini kultivatsiya
qilish, begona o'tlardan tozalab va zararkunandalarga qarshi
chora tadbirlami amalga oshirish kerak bo‘ladi.
0 ‘simliklami ildizini yaxshi rivojlantirish va o‘sishini
faollashtirish maqsadida vegetatsiya davomida gektariga sof
azotdan 90 kg, fosfordan 60 kg va kaliy o ‘g ‘itidan 40 kg solinib
oziqlantiriladi. Sofora o‘simligmi poyalarim baquvvat bo‘lishi
uchun iyul yoki avgust oyining boshlarida kaliy o ‘g‘iti bilan
oziqlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
0 ‘simlikni o‘g‘itlashni sug‘orishdan oldin amalga oshirish
kerak bo‘ladi. Vegetatsiya davomida sofora o‘simligini 7-8
marta sug‘orilsa oktyabr oyigacha ancha baquvvat bo‘lib
o‘sadi. Sug‘orishdan keyin ко‘chat atrofi yumshatiladi. Sofora
ko‘chatlarini ikkinchi yili erta bahorda yaxshi ko‘karishi uchun
jo ‘yaklar olinib 70 x 25 sm dan joylashtirib qaytadan ko‘chirib
ekiladi. Shu sxeinada ekilgan ko‘chatlarning soni 1 gektar
maydonga 57 ming donaga to‘g ‘ri keladi. Ko‘chatlami qayta
ekishda quyidagilarga e ’tibomi qaratish kerak: ekish davrida
chirigan va singan ko‘chatlami ajratish, o‘simlikning ildiz tizimi
qurimagan bo‘lishi kerak va uni tuproqqa zich qilib ekish kerak
bo‘ladi, Ko‘chatlar ekilgandan keyin tezlik bilan sug‘orishni
amalga oshirish lozim. Ko‘chatlami sug‘orilgandan 2 kun
o ‘tkazib ulami to‘g ‘rilab chi qiladi.
Ekilgan ko‘chatlami yaxshi rivojlanishi uchun begona
o‘tlardan tozalash, oralariga ishlov berish, oziqlantirish va ob-
havoni hisobga olgan holda sug‘orishni muddatida o ‘tkazish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Egat oralarini kultivatsiya qilish
ko‘chatlar 2 marta sug‘orilgandan keyin amalga oshiriladi.
Vegetatsiya davrida ко‘chat oralari 3-4 marta qo‘lda chopiq
qilinadi. Ko‘chatlami sug‘orish uchun jo ‘yaklar olinadi va
80
vegetatsiya davomida 7-8 marta (may, iyun, iyul oylarida 2
martadan) sug‘oriladi.
Ko‘chatlami bo‘yi 2,5-3 m va tana qismi 2,5-3 sm ga etganda
2- yoki 3- chi yili asosiy maydonlarga ko‘chirib ekiladi. Ekishdan
oldin yerlar yumshatilgan, tekislangan va o‘g‘itlangan bo'lishi
lozim. K o‘chatlaming ekilish chuqurligi 0,5-0,6 m va qator
oralarining kengligi 8 rn, ko‘chatlaming oralig‘i 6 m dan qilib
ekilganda 1 gektar maydondagi daraxtlar 208-2,10 ta boTishi
mumkin.
Yapon soforasi ekilgandan keyin jo ‘yaklar orqali suv beriiadi.
Ikkinchi sug‘orishni 6-8 kundan keyin amalga oshirish kerak.
Ko‘chatlaming qator oralari har doim yumshoq va haydalgan
bo‘lis’ni lozim.
Ko‘chatlar ekilgandan keyin 3-4 yilgacha ulaming oralari ga 1
yillik dorivor o‘simliklar ekish mumkin bo‘Iadi.
Agar agrotexnik ladbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilsa 1 gektar
maydondan o‘rtacha 0,7-0,8 tonna hosil yig‘ib olish mumkin
bo‘Iadi.
M ahsulot tayyorlash. G‘unchalami gullashdan oldin (iyun-
iyul oylarida), ular ancha yiriklashganda va to‘pgulning birinchi
g‘unchalari ochila boshlagan vaqtda to‘pgul-ro‘vakni qirqib olib
soya yerda yoki quritgichlarda 40-45°S da quritiladi.
Dostları ilə paylaş: |